Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Fantaziyalar, - deb aytgan edi bir kuni Diana, - yovvoyilashib ketgan metaforalardir.
Bu voqea baxtsizlik emas, balki uni munosib tarzda yengib o‘tish bu - baxtdir.
Vaziyat emas, balki jarayonning o‘zgarishi muhimdir.
Kimning nomi yomon bo‘lsa, uning hurmatiyam yomon bo‘ladi.
Inson qanchalik erkin va ma’naviyti yuksak bo‘lsa, uning tafakkur ufqlari shunchalik keng bo‘ladi.
Agar inson boshqariladigan qo‘g‘irchoq yoki biorobotga aylanishni istamasa, u o‘zini rivojlantirishi lozim.
Dunyoni o‘zgartirishni orzu qilgan odam, avvalo, buni qila oladigan odam bo‘lishi kerak.
Pul - bu cheklovlar qamoqxonasini ochadigan kalit, uning ortida imkoniyatlar maydoni ochiladi.
O‘lganimdan keyin qabrimga axlat uyumini tashlanishini bilaman, ammo tarix shamoli uni ayovsiz uchirib yuboradi.
Men g‘iybat qiluvchilarni hech tushunmayman. Agar birovning joniga tegmoqchi bo‘lsang, u haqda biror haqiqatni aytishning o‘zi kifoya.
Ketayotganni ushlab olishga urinma. Kelayotganni itarib yuborma. Shunda baxt o‘zi seni topib oladi.
Aksariyat odamlarda yuz berayotgan voqealar emas, balki ularning o‘z umidlari azob beradi.
Hech kim senga do‘st emas, hech kim senga dushman emas, ammo har bin inson sening ustozingdir.
Kelajak haqida nosog‘lom fikr yuritgan odamlar bugungi kunni unutadilar. Natijada na bugun, na ertangi kun uchun yashaydilar. Ular go‘yo hech qachon o‘lmaydigandek umr kechiradilar. Ammo jon berganda, aslida umuman yashab o‘tmaganliklarini anglab yetadilar.
Inson qanchalik sukut saqlasa, shunchalik aqlli so‘zlay boshlaydi.
Xotini bor erkakni yo‘ldan ozdirish mumkin. Sevgilisi bor erkakni ham boshini aylantirish oson. Ammo sevimli ayoli bor erkakni yo‘ldan urish qiyin.
Boshqalarning aybini muhokama qilishga qiziqishdan avval o‘zingdan boshlasa, shunda boshqalarnikiga yetib ham bormaysan.
Ko‘nglingga yoqadigan ishni tanla! Shunda umring davomida bir kun ham ishlayotgandek bo‘lmaysan.
Chiroyli gapiradiganga ishonma, uning so‘zi o‘yindir. Sukut saqlab, xayrli ishlarni qiladiganga ishon!
O‘zing istaganingdek yasha. O‘zgalarning fikri bilan hayot kechirma! Ularning yaxshi va yomon fikri ahamiyatga ega emas. Sababi hayotdan ko‘z yumsang, boshqalar uchun emas. O‘zing uchun javob berasan.
125 / 126