Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Mehnat qayg'uni aritadi.
Bekorchilikning davosi - doimiy va halol mehnat.
Mehnat qiling! Dunyo jannat bo‘lmaydi. Yalqov bo‘lib yashamoqchi bo‘lganlarga.
Bizga uzoq umr berilmagan; yashaganimizni isbotlaydigan ishlarni qoldiraylik!
Kuchingiz va yoshingiz yetguncha mehnat qiling.
Bekorchilik illatlarini mehnat bilan yengish kerak.
Buyuklarni mehnat oziqlantiradi.
Hayotda hech nima mashaqqatsiz qo‘lga kiritilmaydi.
Mehnat go‘yoki og‘riqqa qarshi qadoqsimon to‘siq hosil qiladi.
Mehnat g‘am-g‘ussaga chidamli qiladi.
Yigitlarning tanasi mehnatda toblanadi.
Mehnat shundayki, undan ham foyda, sharaf keltirsin.
Bajarilgan ishlar yoqimli.
Mehnat va ilm - yer yuzida bu ikki kuchdan yuksakrog'i yo‘q.
Mehnat olijanoblikning unvonidir. Bu ijodkor insonning qudrati va quvonchidir. Mehnat kishilik jamiyati manfaati yo‘lidagi har bir - kamtarona va ulug‘vor ijodiy ishda namoyon bo‘ladi.
Baxt havoda emas, mehnatda keladi.
Mehnat bizni uchta illatdan: zerikish, illat va muhtojlikdan xalos etadi.
Kundalik turmush ishlarida mehnatsevarlik daho qila oladigan barcha narsani amalga oshirishga qodir bo‘lib, buning ustiga, daho eplay olmaydigan ko‘plab ishlarni ham bajarishga qodirdir.
Tortinchoqlik va mehnat insonning ikki haqiqiy shifokoridir: mehnat uning ishtahasini kuchaytiradi, tortinchoqlik esa ishtahani suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaydi.
Doimiy mehnat san’atning ham, hayotning ham qonuni hisoblanadi.
39 / 126