Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Hech nima mukammal emas. Bu dunyo ham sgunday. Shuning uchun ham u juda go‘zal.
Go‘zallik boqiy va o'tkinchi.
Pessimistlar nima deyishidan qat’i nazar, yer yuzi mutlaqo go‘zal, oy ostida esa betakror.
Go‘zallik hamma yerda mavjud, lekin uni ko‘rish hammaga ham nasib etavermaydi.
Kichkina qizaloqligimda hech kim menga chiroyli ekanligim haqida gapirmagan. Qizaloqlarga ular chiroyli bo‘lmasalar ham, maftunkor ekanliklari haqida gapirish kerak.
Uzoq umr ko'rishni istasangiz, hissiyotlarni jilovlay bilidhni o'rganing.
O‘zingizni go‘zal deb his qilmaguncha, hech qachon maftunkor bo‘lolmaysiz.
Nafas olishing, quyoshning yarqiragan qorli tepaliklar uzra ko‘tarilishini kuzatish - bu yerda mavjud bo‘lgan eng ulug‘ boylikdir.
O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish yurakdan boshlanmog‘i lozim, aks holda hech qanday pardoz-andoz foyda bermaydi.
Har qanday ayol ham chiroyli bo‘lib tug‘ilmaydi, lekin agar u 30 yoshgacha chiroyli bo‘lib tug‘ilmagan bo‘lsa, u shunchaki ahmoqdir.
Mukammal go‘zallik va eng maftunkor tashqi qiyofa, agar ulardan hech kim hayratlanmasa, hech qanday qadr-qimmatga ega emas.
Lablaringiz chiroyli bo‘lishi uchun ezgu so‘zlar ayting. Ko‘zlaringiz go‘zal bo‘lishi uchun yaxshilik nurini tarating.
Tajriba bizga shuni o‘rgatadiki, ayol kishining salomatligi va go‘zalligi bir-biriga muvofiq.
O‘zimni qanday his qilayotganim tashqi ko‘rinishimdan ancha muhimroq. O‘z tanangizda o‘zingizni qulay sezishingizga bo‘lgan ishonch - sizni haqiqatan ham go‘zal qiladi.
Ayolning haqiqiy go‘zalligi sog‘lig‘ida, tetik bo‘lishida.
Go‘zallik - o‘zligingcha qolishingdir.
Go‘zallik me’yorlariga intilish ortidan quvish, chin baxtni ko‘zdan qochirish demak.
Dunyodagi eng go‘zal chehra siznikidir.
Chiroyli ayolni masxara qilish oson ish emas, chunki u sizning so‘zlaringizdan xunuklashib qolmaydi.
Ayol gul kabi go‘zal. Ammo har bir gul biroz ochilgan bo‘lmog‘i lozim.
65 / 126