Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Baxtli bolaning ko‘zlari charaqlab turadi. U bu dunyoga ochiq qalb bilan kelib, o‘zi bilan sehrli olam olib kiradi.
Bola farishtadek pok, ochilgan guldek tarovatli.
Sen kim bo‘lishing menga noma’lum, ammo shuni bilamanki, sen men uchun bor-yo‘g‘im bo‘lasan.
Ba’zida menga mo‘jiza kerak bo‘lganda, qizimning ko‘zlariga qarayman va u menda allaqachon borligini tushunaman.
Bir qiz yigirma yigitga teng.
Uchish qobiliyatingdan shubhalanganing zahoti uchishdan to‘xtaysan.
Har birimizning ichimizda dunyoni o‘zgartira oladigan kuch bor.
Birinchidan, o‘yla. Ikkinchidan, ishon. Uchinchidan, ro‘yobga chiqadigan narsalarni orzu qil.
Qancha ko‘p o‘qisang, shuncha ko‘p bilasan. Qancha ko‘p o‘qisang, shuncha ko‘p joylarga borasan.
Agar bu oson bo‘lganida, hamma shunday qilgan bo‘lardi. Aynan murakkabligi uni buyuk qiladi.
Hamisha vijdoningga yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishga imkon ber.
Ajralib turish uchun dunyoga kelgan bo‘lsang, nima uchun boshqalarga o‘xshashga urinasan?
Sizni nima yoritishini bilib oling. So‘ngra bu nurdan foydalanib, dunyoni yoritishga harakat qiling.
Hayot velosipedga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun harakat qilish kerak.
Harakat qilish uchun yetarlicha jasoratli bo‘lmasangiz, hech qachon hech narsaga erisha olmaysiz.
To‘laqonli hayot kechiring va ijobiy narsalarga e’tibor qarating.
Ovozing titrab tursa ham, o‘ylaganingni gapir.
Boshlay olasiz, uddalashingiz aniq, agar boshlashga jur’atingiz yetsa, albatta maqsadingizga erishasiz.
O‘zingizni qo‘lga oling, boshqa barcha rollar allaqachon band.
Hayot janglarida har doim ham kuchli yoki tezkor g‘olib bo‘lavermaydi. Ammo ertami-kechmi, kim g‘alaba qozonaman deb o‘ylasa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.
71 / 126