Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Mehnat qil, mehribon bo‘l, hayoting go'zal bo'ladi.
Jasorat, yaxshilik, do‘stlik. Bu bizni inson sifatida belgilaydigan va ba’zan buyuklikka yetaklaydigan fazilatlardir.
Yaxshilik - donolikdir.
Yaxshilik muhabbatning bir ko'rinishi bo‘lib, lekin u sevgi emas.
Mehribon bo‘lish uchun kuch kerak, bu ojizlik emas.
Mehrning ortiqchasi bo'lmaydi.
Zero, biz berish bilan olamiz.
Sevgi va mehr-oqibat yonma-yon yuradi.
Qachonki sizda tanlov bo‘lsa: haq bo‘lish yoki mehribon, albatta mehribonlikni tanlang.
Shod bo‘lganingizda, \"ha\" deganingizda va atrofingizga ijobiy nur taratganingizda, siz har bir yulduz turkumining markazida quyoshga aylanasiz va odamlar sizning yoningizda bo‘lishni xohlashadi.
Biz olganimiz bilan tirikchilik qilamiz. Biz berganimiz bilan yashaymiz.
Yaxshilik hammamiz qiyinchiliklarga duch kelayotganimizni anglashdan boshlanadi.
Har doim ko‘z oldimda porlagan va meni quvonchga to‘ldirgan ideallar - bu ezgulik, go‘zallik va haqiqatdir.
Yaxshilik qilish hech qachon kech bo'lmaydi, chunki qachon kech bo‘lishini bilmaysan.
Yaxshilikning mohiyati, uni keng quloch yoyilishida. Agar siz boshqalarga yaxshilik qilsangiz, bugun ular sizga, ertaga esa boshqa birovga yaxshilik qilishadi.
Yaxshilik yaxshilikni keltirib chiqaradi.
Insondan faqat yaxshilik qoladi, o'tkinchi dunyo talashib-tortishishga arzimaydi. Sababi o'zimiz bilan xech nima olib keta olmaymiz. Faqatgina qilgan amallarimiz bizga yo'ldosh bo'ladi.
Biror kishining bizga qilgan yaxshiligi bizni unga bog‘lab qo‘yadi.
Qalbning eng go‘zal musiqasi bu yaxshilikdir.
Yaxshilik nafratni yuvib ketadi.
76 / 126