Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Har kuni yoningda yuragingni sindirishlariga yo‘l qo‘yib bergandan ko‘ra, ketib o‘z qalbingni sindirganing afzal.
Ertalab xuddi kechasi yig‘lamagandek tabassum qila oladigan ayol kuchli bo‘ladi.
Doim kuchli bo'l, barchaga tabassum qilayotganingni ko‘rishga va o‘ylashga majbur qil.
Qadrli stress, kel, xayrlashaylik!
Mabodo boshimni quyi solgudek bo‘lsam, tuflimni tomosha qilish uchungina shunday qilaman.
Kuchli ayol o‘z hayotini jilovlashni biladi. Ko‘zlarida yosh bilan \"Ha, men yaxshiman\" deyishga muvaffaq bo‘ladi.
Qichqirishing mumkin, yig‘lashing mumkin, asosiysi - taslim bo‘lma.
Ulkan muhabbat bizga kuch beradi hamda jasorat bag‘ishlaydi.
Meni qutqarishingni istamayman. O‘zimni qutqargunimcha yonimda turishingni istayman.
Tabassum qiling va hamma bilsinki, bugun siz avvalgidan ancha kuchliroqsiz.
Biz faqat bir marta yashaymiz, shuning uchun zo‘r bo‘lishga imkonimiz bor!
Men ko‘p istaydigan go‘zallik - bu erishish qiyin bo‘lgan go‘zallik: kuch, jasorat, qadr-qimmat.
Sen bir vaqtning o‘zida ham kuchli, ham qudratli, ham go‘zal bo‘lishing mumkin.
Bir vaqtning o‘zida ham yumshoq, ham kuchli bo‘lish - bu juda kam odamlar uddalaydigan kombinatsiya.
Kuchli ayol sevadi, kechiradi, voz kechadi, qo‘yib yuboradi, qayta urinadi va qaysarlik qiladi... Hayot unga nimani taqdim etishi muhim emas.
Avvalo, o‘z hayotingizning qurboni emas, qahramoni bo‘ling.
O'zing o'ylaganingdan ko'ra, kuchli insonsan. Barchaning qo'lidan kelgan ishni, sen ham a'lo darajada uddalay olasan.
Doim o'z kuchingga ishon, birovlardan yordam kutma! Bir kun kelib, ular qilgan yaxshiligini minnat qilishi mumkin.
Hech qachon hissiyotga beriluvchan yoki ta’sirchan bo‘lganingiz uchun kechirim so‘ramang. Bu sizning katta qalb egasi va buni boshqalarga ko‘rsatishdan qo‘rqmasligingizni belgisi bo‘lsin. O‘z his-tuyg‘ularini namoyish etmoq kuchlilik belgisidir.
Barchasi o'tkinchi, avvalo o'zingizni seving va qadrlang!
82 / 126