Noma'lum muallif

Aforizmlar (215)

Bugun Sezar, ertaga hech kim.
Taqdir kuchlilarga madad beradi.
Taqdirni ayblamoqning foydasi yo‘q, chunki u shunday bo‘lishi sizning qo'lingizda.
Ota o‘z farzandlari uchun qila oladigan eng yaxshi vosita - ularning onasini sevishdir.
Hayotimiz davimida uchrashgan odamlarning o‘ndan to‘qqiz qismi aynan qanday bo‘lsa - yaxshimi yoki yomonmi, foydali yoki foydasizmi - bu uning tarbiyasiga bog'liq.
Bolalarning to‘g‘ri tarbiyasi butun xalq farovonligining garovidir.
Hatto bolaga nisbatan ham to‘g‘riso‘z bo‘l: va’dangni bajar, aks holda uni yolg‘onchilikka o‘rgatib qo‘yasan.
Tarbiya - bu biz tarbiyalayotgan insonlarning qalbiga ta’sirimizdir.
Yaxshi do‘st sizning hayot yo'lingizni biladi, ammo eng yaqin do‘st ularni siz bilan birga boshdan kechirgan bo‘ladi.
Do‘st shunday insonki, hatto o‘zingga bo‘lgan ishonchingni yo‘qotgan paytingda ham senga ishonishda davom etadi.
Do‘st - seni mast holda restorandan uyga sudrab keluvchi emas, balki yoningda emaklab borayotgan kishidir.
Ba’zilar universitetga ilm olish uchun borsa, aksariyat qismi professorlarning fikrlarini o‘zlashtirishni maqsad qiladi.
Kitobsiz o‘rganmoqchi bo‘lgan kishi elak bilan suv olishga tengdir.
Tabiat boshlab beradi, san’at yo‘naltiradi, amaliyot esa yakuniga yetkazadi.
Kimning nomi yomon bo‘lsa, uning hurmatiyam yomon bo‘ladi.