Biri atirgulning hidini ajrata olmaydi. Boshqasi achchiq o‘tlardan asal oladi. Kimgadir arzimas narsa bersang, umrbod eslab qoladi. Kimgadir butun umringni bersang ham, u tushunmaydi.
Umar Xayyomning boshqa so'zlari
Odamlarga soddaroq munosabatda bo‘l. Donoman deb o‘ylaysanmi? Donoliging bilan boshqalarga ozor berma.
Dunyoni zo‘ravonlik, nafrat va qasos boshqaradi. Yer yuzida yana qanday haqiqat bor? G‘azabga to‘lgan bu dunyoda baxtli odamlar qayerda? Agar bor bo‘lsa, ularni barmoq bilan sanash mumkin.
Biz quvonch manbai va g‘am-anduh konimiz. Biz ifloslik makoni va pokiza buloq ham o‘zimiz. Inson go‘yo ko‘p qiyofali dunyo ko‘zgusidir. U arzimas-u, ayni paytda beqiyos ulug‘dir!
Kechagi kun o‘tdi, ertangi kun hali kelmadi — demak, bugungi kun bilan yasha!
Yomonlik qilma - bumerangdek qaytadi, quduqqa tupurma - suvini ichasan, o‘zingdan pastroqni xo‘rlama - balki biror narsa so‘rashga to‘g‘ri kelar. Do‘stlaringga xiyonat qilma - ularni almashtirib bo‘lmas, sevganlaringni yo‘qotma - qaytarib bo‘lmas, o‘zingga yolg‘on gapirma - vaqt o‘tib, yolg‘on bilan o‘zingga xiyonat qilayotganingni tushunib yetarsan.
Boshqa aforizmlar
G‘alaba qozonish uchun jangda bir martadan ortiq kurashishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Faqat bitta tug‘ma xato bor - biz baxtli yashash uchun tug‘ilganmiz, degan ishonch.
Sevgan narsangizni olishga harakat qiling, aks holda olgan narsangizni yaxshi ko'rishga to‘g‘ri keladi.
Noshukrlik botqoqlik kabi tubsiz. Farqi shundaki, botqoqlikni tuproq bilan ko‘mib, uni quruqlikka aylantirish qiyin. Noshukrlikni esa hech qachon shukrga aylantirib bo‘lmaydi, bu botqoqqa har qancha yaxshilik tashlasang ham.
Kamtarlik - ruhan kuchlilarning yutug'i.
Sayohat qilish - bu boshqalarning boshqa mamlakatlar haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarini fosh qilish demakdir.