Do‘stlar - o‘zing tanlab orttiradigan qarindoshlaringdir.
Boshqa aforizmlar
Yomonlik qilma - bumerangdek qaytadi, quduqqa tupurma - suvini ichasan, o‘zingdan pastroqni xo‘rlama - balki biror narsa so‘rashga to‘g‘ri kelar. Do‘stlaringga xiyonat qilma - ularni almashtirib bo‘lmas, sevganlaringni yo‘qotma - qaytarib bo‘lmas, o‘zingga yolg‘on gapirma - vaqt o‘tib, yolg‘on bilan o‘zingga xiyonat qilayotganingni tushunib yetarsan.
Kuchsiz dushman — biz uchun eng xavfsizidir; hasadgo‘y do‘st esa dushmanlarning eng xavflisidir.
Do‘stlar qiyinchilikda bilinadi, deyishadi, menimcha, quvonchda ham bilinadi.
Do‘stlik - dunyodagi eng tushuntirib berish qiyin bo‘lgan jihat. Buni maktabda o‘rgatishmaydi. Ammo agar siz do‘stlikning ma’nosini anglab yetmagan bo‘lsangiz, demak, siz haqiqatan ham hech nimani o‘rganmagan ekansiz.
Yangi do‘stlar yangi koinotni ifoda etadi, ularni paydo bo‘lgan kundan boshlab o‘rganishga kirishasiz.
Do‘stlik muhabbatdan ko‘ngil qolganlarga shifobaxsh malhamdir.