Kimnidir yo‘qotishdan qo‘rqmang. Hayotingizda kerakli insonni yo‘qotmaysiz. Sizga faqat tajriba uchun kelganlar yo‘qoladi. Taqdir sizga yuborgan kishilar esa yoningizda qoladi.
Fridrix Nitsshening boshqa so'zlari
Siz ideallar izlash bilan yashashni emas, balki o‘zingizda mavjud bo‘lgan istakni qadrlay boshlaganingizda, haqiqiy baxtli insonga aylanasiz.
Insonni baxtsiz yoki baxtli qiladigan bu uning o‘y-fikrlari, tashqi muhit emas. O‘z fikrlarini boshqarish orqali u o‘z baxtini ham boshqaradi.
Go‘zallik - bu baxt va’dasi.
Hech kim kalitsiz qulf yasamaganidek, hayot ham yechimi bo‘lmagan muammoni bermaydi.
Kimki uchishni o‘rganmoqchi bo‘lsa, avvalo tik turishni, yurishni, yugurishni, tirmashishni va raqsga tushishni o‘rganishi lozim: bir zumda uchishni o‘rganib bo‘lmaydi!
Boshqa aforizmlar
Insonlar taqdir deb ataydigani, aslida, ular yo‘l qo‘ygan ahmoqliklarning yig‘indisi.
Inson eski sahifalarni doimo varaqlab, qayta-qayta o‘qiyversa, o‘z hayotida yangi sahifa yoza olmaydi.
O‘zini hurmat qiladigan kishi boshqalardan himoyalangan bo‘ladi. U hech kim teshib o‘tolmaydigan sovut kiyib olgandir.
Bitta so‘z qaroringni o‘zgartirishga qodir. Yagona his-tuyg‘u butun hayotingni boshqacha yo‘lga solishi mumkin. Birgina inson seni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin...
Omad taqdirni o‘zgartira oladigan inson qiyofasida namoyon bo‘lishi mumkin.
Hayotingizdagi navbatdagi voqea qanday yakunlanishini hech qachon bilmaysiz, ammo u davom etar ekan, har bir daqiqani, har bir soniyani, har bir onni qadrlab yashang.