Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Baxt
Baxt
Baxt mavzusida 121 ta aforizma.
Baxtli bo‘lishni istasang, baxtli bo‘l!
Baxt davolay olmaganni hech qanday dori bilan davolab bo‘lmaydi.
Aytishlaricha, inson bu dunyoda chinakamiga baxtli bo‘lishi uchun faqat uchta: sevimli bo'lish, sevgan kasbi shug'ullanish va umid qilish.
Yoshingni yoshingga qarab emas, do‘stlaringga qarab hisobla. Hayotingni ko‘z yoshing bilan emas, tabassuming bilan hisobla.
Mehnat qil, mehribon bo‘l, hayoting go'zal bo'ladi.
Jasorat, yaxshilik, do‘stlik. Bu bizni inson sifatida belgilaydigan va ba’zan buyuklikka yetaklaydigan fazilatlardir.
Sevgi va mehr-oqibat yonma-yon yuradi.
Yaxshilik - bu faqat ezgulik olib keluvchi fazilat.
Yaxshilik go‘zallikdan afzal.
Boshqalarga nisbatan sevgi va mehribonlikni his qilsak, bu nafaqat boshqalarni sevilish va g‘amxo‘rlikni his qilishga, balki ichki baxt va xotirjamlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Baxtning bir eshigi yopilsa, darhol ikkinchisi ochiladi. Ammo biz ko‘pincha birinchisini shunchalik uzoq kuzatamizki, ikkinchisini sezmay qolamiz.
Masal ham, hayot ham uzunligi bilan emas, mazmuni bilan qadrlanadi.
5 yoshligimda onam har doim hayotda eng muhimi baxt ekanligini aytardi. Maktabga borganimda, katta bo‘lganimda kim bo‘lmoqchisan, degan savolga \"baxtli inson\" deb javob berganman. O‘shanda menga savolni tushunmayotganimni aytishdi, men esa hayotni ular tushunmayotganini aytdim.
Muhabbat bor joyda hayot mavjud.
Haqiqiy sevgi hikoyalari hech qachon tugamaydi.
Agar hayotingizda sevimli insoningiz paydo bo‘lsa, uni ushlab qoling.
O‘z-o‘zini sevish - bu bir umr davom etadigan romanning boshlanishi.
Farovon hayotingiz o‘z qaroringizga bog‘liq.
Qolgan umrimni bor imkoniyatimdan kelib chiqib, mazmunli o‘tkazishga qaror qildim.
Yangi g'oyalarni sinab ko‘ring, hech qachon afsuslanmaysiz. Aslida qo‘lingizdan keladigan ishlarning chegarasi yo‘q.
6 / 7