Do'stlik

Do'stlik mavzusida 105 ta aforizma.

Do‘st - seni mast holda restorandan uyga sudrab keluvchi emas, balki yoningda emaklab borayotgan kishidir.
Men do‘st tanlamayman. Bu ahmoqona va befoyda ish. Menga bozorda sabzavot tanlash ancha qiziqarliroq. Do‘stlar - taqdir in’omidir.
Chin do‘stlar bir-birini hech qachon ayblamaydi. Ular boshqalarni birgalikda qoralashadi.
Do‘stlik - butun dunyo qalblarini bog‘laydigan oltin ipdir.\n\n
Yolg‘iz atirgul mening bog‘imga aylanishi mumkin... Yolg‘iz do‘st esa butun dunyoyimga.\n\n
Do‘stlik tinchlikni ushlab tura oladigan yagona asosdir.\n\n
Do‘stlik - dunyodagi eng tushuntirib berish qiyin bo‘lgan jihat. Buni maktabda o‘rgatishmaydi. Ammo agar siz do‘stlikning ma’nosini anglab yetmagan bo‘lsangiz, demak, siz haqiqatan ham hech nimani o‘rganmagan ekansiz.
Do‘stlar nafaqat qiyinchilikda, balki shodlikda ham tanib olinadi. Sening yutuqlaringga chin dildan quvona olmaydigan kishilar haqiqiy do‘sting emas.
Do‘stlik xazinaga o‘xshaydi: unga solganingdan ortig'ini ololmaysan.
Do‘stlik - hayot uchun eng zaruridir, chunki boshqa ne’matlarga badastir bo‘lsa ham, hech kim do‘stlarsiz hayotini tasavvur qila olmaydi.
Do‘stlik – yillar o‘tsa ham so‘nmaydigan yagona muhabbat.
Yangi do‘stlar yangi koinotni ifoda etadi, ularni paydo bo‘lgan kundan boshlab o‘rganishga kirishasiz.
Insonning tirikligida do‘st bo‘lish muhim, o‘lgandan keyin emas. Marhumga bundan hech qanday foyda yo‘q.\n\n
Hayotdagi eng katta omad - eng yaxshi do‘stdni topishda.\n\n
Menga do‘stingni ayt, men senga kim ekanligingni aytaman.\n\n
Do‘stlik muhabbatdan ko‘ngil qolganlarga shifobaxsh malhamdir.\n\n
Do‘stlar ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Do‘st tanlashda shoshilmang, ularni o‘zgartirishda esa - ayniqsa.
Sadoqatli do‘st uchun hech qachon qilingan yaxshilikni ortiqchasi bo‘lmaydi.
Haqiqiy do‘st yomon kunda bilinadi.\n\n