Go'zallik

Go'zallik mavzusida 99 ta aforizma.

Go‘zallik - qalbni oldindan zabt etadigan ochiq tavsiya xatidir.
Go‘zallik - juda qisqa vaqt hukmronlik qiladigan malika.
Go‘zallik hammada bor, lekin uni ko‘rish hammaga ham nasib etavermaydi.
Go‘zallik - bu baxt va’dasi.
Kichkinaligimda hech kim menga chiroyli ekanligimni aytmagan. Barcha qizaloqlarga chiroyli bo‘lmasa ham, go‘zal ekanliklarini aytish kerak.
Go‘zallik o‘tkinchidir. Biroq tasavvurning go‘zalligi va qalbning go‘zalligi - bular haqiqiy fazilatlardir.
Agar qiz bola yoshligida nihoyatda go‘zal bo‘lsa-yu, parishonxotir bo‘lib, hech narsani oxiriga yetkazmasa - go‘zallik tezda yo‘qoladi. Agar u juda kamtarona tashqi xususiyatlarga ega bo‘lsa-yu, lekin kuchli xarakterga ega bo‘lsa, yillar o‘tishi bilan jozibadorligi ortib boradi.
Xunuk ayollar bo‘lmaydi, dangasalari bo‘ladi.
Go‘zalliging - ichki dunyongdir, uni qanday shakllantirishing, o‘zingni qanday asrashing va qalbingdagi madaniyat darajasi tashqi ko‘rinishingda aks etadi.
Jozibadorlik ko‘pincha yuzda emas, balki aqlda mujassam bo‘ladi. Chunki yuz go‘zalligi darhol ko‘zga tashlanadi va kutilmagan hech narsani yashirmaydi. Aql esa faqat asta-sekin, inson o‘zi istaganida va o‘zi xohlagan darajada namoyon bo‘ladi.
Go‘zallik - daholikning oliy shakli, ammo daholikdan farqli o‘laroq, u tasdiqlanishni talab etmaydi.
Go‘zallik dunyoni qutqaradi.
Go‘zallik qo‘rqinchli kuch!
Sening go‘zalliging kulgingda, mehribonliging va ruhingda.
Go‘zalligingga ishon, dunyo ham ishonadi.
Sen bilan har bir lahza sehrli o'tadi, sening borliging atrofni mehr va muhabbatga to‘ldiradi.
Sening go‘zalliging nafaqat zohiriy, balki botiniy hamdir, qalbing eng go‘zal yulduzlardan ham yorqinroqdir.
Sen qanday bo‘lsang, shundayligingcha go‘zalsan.
Go‘zallik siz o‘zingiz bo‘lishga qaror qilgan paytdan boshlanadi.