Hayot

Hayot mavzusida 661 ta aforizma.

Hayot xuddi ijodiy jarayonga o‘xshaydi: o‘zimiz palitra tanlaymiz va har kuni rasmlar chizamiz.
Hayot xuddi karuselga o‘xshaydi: goh yuqoriga ko‘taradi, goh pastga tushiradi. Ammo baribir unda quvonch yashirin.
Hayot buterbrodga o‘xshaydi: unda har doim ikki tomondan nimadir bo‘ladi, ammo biz ko‘pincha uning asosiga e’tibor qaratamiz.
Hayot sho‘rvaga o‘xshaydi: ba’zan shirali yoki bemaza. Ammo har doim tarkibiy qismlarni, ya'ni masallqlarni to‘g‘ri solib, muvozanatini topish kerak.
Hayot limon bersa, atirgul o‘stir. Agar uddalay olmasang, hech bo‘lmaganda ularni sotib, biror mazali nimadur sotib ol.
Hayot — bu teatr, lekin ikkinchi aktga chipta yo‘q.
Hayot — har bir bemor boshqa karavotga ko‘chib o‘tishni orzu qiladigan shifoxonadir.
Tez-tez ko‘chirib o‘tqazilgan bog‘ hosil bermaydi.
Yashash – fikrlash demakdir.\n\n
Hayotda foydali narsalardan ko‘ra puch narsalar ko‘proq.
Yashashni boshlashimiz bilanoq o‘lim sari yuz tutamiz, shu bois shuhrat ketidan quvishdan ne keragi bor?
Ba’zilar xuddi abadiy yashaydigandek jamg‘aradi, boshqalari esa go‘yo shu zahoti o‘layotgandek sarflaydi.
Odamlar bilan shunday yashaki, do‘stlaring dushman bo‘lmasin, dushmanlaring esa do‘stga aylansin.
Hayot sahna — eng yaxshi joylar ko‘pincha yomon odamlarga nasib qiladi.
Hayot o‘yinga o‘xshaydi:kimdir kurashadi,ba’zilar savdolashadi, baxtlilar esa zavq bilan tomosha qiladi.
Kechagi kun bilan yashama, ertangi kundan qo‘rqma — bugun bilan yasha.
Odamlar muhtojlikda toblanib, ozodlik orzusi bilan yashaydilar. Ammo ozodlik kelgach, qanday yashashni bilmay qoladilar.
Hiylakorlar ilmni yomon ko‘radi, soddalar undan hayratlanadi, donolar esa undan foydalanadi.
Men har doim odamlardan faqat yaxshi tomonlarini izlayman — yomon tomonlarini esa ular o‘zlari ko‘rsatadi.
Doim yuqoriga oilb chiqadigan insonlar qurshovida bo'l!. Chunki hayot pastga tortmoqchi bo‘lganlar bilan to‘la.