Idrok

Idrok mavzusida 520 ta aforizma.

Odamlar yashaydigan eng katta qamoqxona bu - boshqalar nima deb o‘ylashidan qo‘rqish.
Farovon hayotingiz o‘z qaroringizga bog‘liq.
Tasavvur qilish mumkin bo‘lgan hamma narsa haqiqatdir.
Hech qanday oh-voh, hech qanday afsus-nadomat yo‘q! Faqat sog‘lom aql va qat’iyat!
O‘zingizni qanchalik yaxshi his qilsangiz hamda yuqori baholaysiz, maqsadlaringiz ham yuksak bo'lib,hayotda ko‘p narsaga erisha olasiz.
Nimaga chin dildan ishonsang, o‘sha mavjuddir.
Barchada qo'rquv hissi bir xil tarzda kechadi. Bittasi qo‘rquvdan o‘zini yo‘qotsa, ikkinchisi esa o‘zini qo‘lga oladi. Shuning uchun qo'rquvni yenga olish zarur. Qahramonlar o'z-o'zidan paydo bo'lmagan.
Har qanday vaziyatda bizda ikkita tanlov bor: o‘sish uchun oldinga qadam tashlash yoki xavfsiz joyga qaytish.
Qo‘rquv doim aynan qo‘rqqan narsangizni o‘ziga tortadi. Agar hech narsadan qo‘rqmasangiz, hech kim bo‘lib qolasan. Eng yaxshisi - bu befarqlik.
Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishingiz va kamchiliklarga e’tibor qaratishingiz kerak. Mana shunda ko‘z, shuningdek, o‘z-o‘zini xolis baholash va boshqalarning fikrini tinglash qobiliyati ishga tushadi.
Ishni shoshib bajargandan ko'ra qilmagan afzal.
Hech qanday oh-voh, afsus-nadomatga o'rin yo‘q! Faqat sog‘lom aql va qat’iyat!
Ba’zilar: \"Mening hayotim qiyin o'tyapti, chunki hayotim qiyinchilikdan iborat, deb o'ylaydi!\" Aslida esa buning aksi! Biz faqat yomon narsalarni o‘ylaganimiz uchun hayot qiyin ketyapti!
Hayotning ma’nosi uning o‘zida. Hayotning maqsadi esa undan zavq olishdir. Hayotiy asos - o‘z-o‘zini anglash.
Qalbida muhabbati bo‘lgan inson o‘zining og‘ir va achchiq hayotidan quvonishga, uning mashaqqatlarini minnatdorchilik bilan o‘z yelkasida ko‘tarishga, har qanday musibatga qarshi kurashda bardosh berishga va barchasini yengib o‘tishga qodir.
Agar butun dunyoni yengmoqchi bo‘lsang, o‘zingni mag‘lub et.
Bilmagan narsangizdan qo‘rqmaslik kerak. Sizlar yosh bolaga o‘xshaysizlar - qorong‘ilikdan qo‘rqasizlar.
Baxtni his qilish uchun hatto qayg‘u va g‘amda ham: a) hozirgi kun bilan qanoatlanish; b) \"bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi\" degan fikrdan quvonishni bilish kerak.
Qancha ko‘p qiyinchiliklarni yengsak, kelajagimiz mustahkam va barqaror bo'ladi.
Qabul qilingan qaror sizni boshqa tanlovdan mahrum qilishidan qo‘rqasiz va bu irodangizni sindiradi. Bunday vaziyatda hayot sizga tayyorlab qo‘ygan eng yaxshi narsalarni qo‘ldan boy beryapsiz. Sababi - ichki olovning yo‘qligi.