Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Eski xatolarni to‘g‘rilash ko‘pincha yangilarini qilishdan qimmatroqqa tushadi.
So‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash tafakkur sohasida, keyin esa amaliy hayotda xatolarga olib keladi.
Xatolarni ko‘rishning o‘zi unchalik qiymat emas: munosib inson uchun eng yaxshisini taqdim etish - mana shu ma’qul ish.
Odatda tarbiyada yo‘l qo‘yiladigan xato - yoshlarni mustaqil mulohaza yuritishga o‘rgatmaslikdir.
Agar insoniyat o‘z xatolaridan saboq olishi rost bo‘lsa, bizni porloq kelajak kutmoqda.
O‘z xatosini anglash bu beminnat tajribadir. Bu o‘z-o‘zini tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir.
Men xatolarga moyilligimni va tez-tez adashishimni bilaman va bunday hollarda meni ogohlantirmoqchi va xatolarimni ko‘rsatmoqchi bo‘lganlardan xafa bo‘lmayman.
- Siz meni ahmoq deb o‘ylayapsizmi? - Yo‘q, lekin men ham adashishim mumkin.
Ko‘pchilik bahslarda bitta xatoni kuzatish mumkin: aslida haqiqat himoya qilinayotgan ikki qarash o‘rtasida yotsa-da, ularning har biri qanchalik qizg‘in bahslashsa, haqiqatdan shunchalik uzoqlashib boradi.
Odamlar o‘z xatolarini qanchalik aniq tushunishlarini shundan ham bilsa bo‘ladiki, ular o‘z xatti-harakatlari haqida hikoya qilar ekanlar, buni doimo olijanoblik bilan ko‘rsata oladilar.
Xatolarni qanday to‘g‘rilashni bilmasangiz, ularni hech qachon ko‘rsatib o‘tmang.
Hamma bir xil fikrda bo‘lsa ham, barcha ham xato qilishi mumkin.
Faqat bitta tug‘ma xato bor - biz baxtli yashash uchun tug‘ilganmiz, degan ishonch.
Chinakam obro‘ga ega bo‘lgan kishi o‘z xatosini tan olishdan cho‘chimaydi.
Barcha xato qiladi, lekin buyuk odamlar xatolarini tan oladi.
Birining xatosi ikkinchisiga saboq.
Eriga xatosini ko‘rsatgandan ko‘ra, o‘zi yanglishgani afzal.
Eng katta xato - o'zligini berkitib, yoqimliroq bo‘lishga urinish.
Bir xatoni ikki marta takrorlamaslik uchun sochimizni har safar har xil rangga bo‘yaymiz.
Xato qilish qo‘rquvidan cho‘chimaslik kerak, eng katta xato o‘zini tajribadan mahrum etishdir.