Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Erkak kishi sevib qolganday tuyulish uchun xushchaqchaq, iltifotli bo‘lishga va har tomonlama e’tibor ko‘rsatishga intiladi. Ammo u chinakamiga sevib qolsa, go‘yo qo‘yga o‘xshab qoladi.
Muhabbat mantiqqa bo‘ysunmaydi, u aqldan ustun turadi. Muhabbat aql vodiylari uzra, cho‘qqilarda makon topadi. Bu yuksak mavjudlik, borliqning toji bo‘lib, u juda kam insonlarga nasib etadi.
Sevgan odam o‘zi sevgan kishining taqdirini baham ko‘rishi lozim.
Muhabbat - bu ikki kishining bir butun bo‘lishidir. Erkak va ayol farishtaga aylanganida. Bu - samoning o‘zi!
Baxtli bolaning ko‘zlari charaqlab turadi. U bu dunyoga ochiq qalb bilan kelib, o‘zi bilan sehrli olam olib kiradi.
Sen kim bo‘lishing menga noma’lum, ammo shuni bilamanki, sen men uchun bor-yo‘g‘im bo‘lasan.
Ba’zida menga mo‘jiza kerak bo‘lganda, qizimning ko‘zlariga qarayman va u menda allaqachon borligini tushunaman.
Uchish qobiliyatingdan shubhalanganing zahoti uchishdan to‘xtaysan.
Har birimizning ichimizda dunyoni o‘zgartira oladigan kuch bor.
Birinchidan, o‘yla. Ikkinchidan, ishon. Uchinchidan, ro‘yobga chiqadigan narsalarni orzu qil.
Qancha ko‘p o‘qisang, shuncha ko‘p bilasan. Qancha ko‘p o‘qisang, shuncha ko‘p joylarga borasan.
Agar bu oson bo‘lganida, hamma shunday qilgan bo‘lardi. Aynan murakkabligi uni buyuk qiladi.
Hamisha vijdoningga yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishga imkon ber.
Ajralib turish uchun dunyoga kelgan bo‘lsang, nima uchun boshqalarga o‘xshashga urinasan?
Sizni nima yoritishini bilib oling. So‘ngra bu nurdan foydalanib, dunyoni yoritishga harakat qiling.
Hayot velosipedga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun harakat qilish kerak.
Harakat qilish uchun yetarlicha jasoratli bo‘lmasangiz, hech qachon hech narsaga erisha olmaysiz.
To‘laqonli hayot kechiring va ijobiy narsalarga e’tibor qarating.
Ovozing titrab tursa ham, o‘ylaganingni gapir.
Boshlay olasiz, uddalashingiz aniq, agar boshlashga jur’atingiz yetsa, albatta maqsadingizga erishasiz.
54 / 87