Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Muvaffaqiyat
Muvaffaqiyat
Muvaffaqiyat mavzusida 131 ta aforizma.
G‘alaba qozonish uchun jangda bir martadan ortiq kurashishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Maqsadlaringizga erishgandan keyin nima olishingiz emas, balki uni amalga oshirgandan keyin kim bo‘lishingiz muhimroqdir.
Qo‘lingizdan keladigan hamma narsani, hatto orzu qilishingiz mumkin bo‘lgan ishlarni boshlang. Jasoratda daholik, kuch va sehr bor.
Baxt tayyor osh emas. Baxt faqat sizning harakatlaringizga bog‘liq.
Faoliyatim davomida 9000 marta xatoga yo‘l qo‘ydim. Men deyarli 300 ta o‘yinda yutqazdim. 26 marta menga hal qiluvchi zarba ishonib topshirilgan va men xatoga yo‘l qo‘yganman. Hayotimda qayta-qayta mag‘lubiyatga uchradim. Shuning uchun ham men omadliman.
Orzular - kelajak haqidagi xotiralar.
Ishoning va ko‘p mehnat qiling, shunda orzularingiz ro‘yobga chiqadi.
Faqat orzuingizga yaqinlashtiradigan ishlarni qiling.
Har bir kishiga kerak bo‘lgan yagona jasorat - bu o‘z orzulari ortidan ergashish yo'li.
Odamlar doim tanqid qilishadi. Seni sindirishlariga yo‘l qo‘yma. Maqsadga erishish - qasos olishning eng yaxshi ususli.
Muvaffaqiyatli bo‘lish uchun xudbin bo‘lish kerak. Aks holda hech narsaga erisha olmaysiz. Maqsadingiz cho‘qqisiga yetganingizdan so‘ng, beg‘araz bo‘ling. Atrofdagilar bilan aloqada bo‘ling, o‘zingizni boshqalardan ustun qo‘ymang.
7 / 7