O'zlikni anglash

O‘zini hurmat qilish - intizomning asosi: o‘ziga "yo‘q" deyish qobiliyati ortib borishi bilan inson qadr-qimmati ham o‘sadi.

Avram Ieshua Xeshel
Insoniyat, O'zlikni anglash

Hamma gap o‘zingni sevish va bu sevgini seni qadrlaydigan odam bilan bo‘lishishda.

Erta Kitt
Muhabbat, Mehr, O'zlikni anglash, Insoniyat

Qalbingizni oziqlantiradigan biror nima topganingizda, unga joy bo‘shatish uchun o‘zingizga yetarlicha g‘amxo‘rlik qiling.

Jin Shinoda Bolen
O'zlikni anglash, Insoniyat

Biz o‘zimizni chinakamiga sevganimizda, haqiqiy baxtga erishamiz.

Gabriel Bernstayn
Insoniyat, O'zlikni anglash, Umr

Agar siz o‘zingizni sevishni bilmasangiz, kimnidir sevishingiz qiyin bo‘ladi, chunki siz boshqa odamga bergan, lekin o‘zingizga bermagan vaqt va energiyadan g‘azablanasiz.

Barbara De Anjelis
Insoniyat, Idrok, Muhabbat, O'zlikni anglash, Mehr

O‘zingizni sevish - aslida qanday bo‘lsangiz, shunday qabul qilish demakdir.

Katriona Grey
Insoniyat, O'zlikni anglash, Muhabbat

Agar sen o‘zingni sevmasang, hech kim seni sevmaydi, sen ham hech kimni seva olmaysan.

Ueyn Dayer
Insoniyat, Mehr, O'zlikni anglash, Muhabbat

Hayot - bu shunchaki o‘zingga, orzularingga bo‘lgan ishonch. Sen ham orzusan.

Keke Pamler
Insoniyat, Hayot, O'zlikni anglash, Umr

O‘zini sevmoq manmanlik emas. Bu sog‘lom fikr yuritish demak.

Katrina Mayer
Idrok, O'zlikni anglash, Insoniyat

O‘z qadringizga yetsangiz, boshqalar siz haqingizda yomon fikrda bo‘lishini bartaraf etasiz.

Rob Liano
Insoniyat, O'zlikni anglash, Idrok

Boshqalar sizni hurmat qilishini istasangiz, o‘zingizni qadrlang! Faqat shu yo‘l bilan, o‘zingizga bo‘lgan muhabbatingiz bilan boshqalarni hurmat qilishga undaysiz.

Fedor Dostoyevskiy
Idrok, O'zlikni anglash, Insoniyat

Boshqa inson bo‘lish istagi - bu o‘zligingizni yo‘qotishdir.

Merlin Monro
Idrok, O'zlikni anglash, Insoniyat

Avval o‘zingizni seving, qolgan hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Bu dunyoda biror nimaga erishish uchun o‘zingizni chindan ham sevish lozim.

Lyusil Boll
Insoniyat, Idrok, O'zlikni anglash, Muhabbat

Eng dadil harakat - bu o‘zing haqingda o‘ylash. Ochiqchasiga, hammadan yasharmay.

Koko Shanel
Insoniyat, Go'zallik, O'zlikni anglash, Idrok

O‘zingizni taqqoslashingiz lozim bo‘lgan yagona shaxs - bu o‘tmishdagi o‘zingiz. Yaxshiroq bo‘lishingiz kerak bo‘lgan yagona kishi - bu ayni paytdagi o‘zingizdir.

Zigmund Freyd
Insoniyat, O'zlikni anglash, Idrok

O‘ziga bo‘lgan muhabbat - bu bir umrlik romanning boshlanishi.

Oscar Uayld
O'zlikni anglash, Insoniyat

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.