Taqdir

Taqdir mavzusida 80 ta aforizma.

Taqdir hech qachon bir eshikni ochmasdan, boshqasini yopib qo‘ymaydi.
Inson hayoti tugamaguncha, taqdir uni baxtli qilingani haqida xulosa chiqarish noto‘g‘ri.
Har kim o‘z taqdirining temirchisi.
Taqdir — irodasizlarning bahonasi.
Insonlar taqdir deb ataydigani, aslida, ular yo‘l qo‘ygan ahmoqliklarning yig‘indisi.
Inson qalbi faqat uni ezadigan ishlarni taqdir deb atashi achinarlidir.
Inson taqdiri ko‘p hollarda uning xarakteriga bog‘liq.
Taqdirdan qochmoqchi bo‘lganlar, o‘zlari bilmay unga peshvoz chiqadilar.
Taqdirda tasodif bo'lmaydi, inson o‘z taqdirini o‘zi yaratadi.
Hayotimizni kutilmaganda o‘zgartiradigan voqealar tasodif emas. Barchasi o‘zimizda yashiringan bo‘lib, faqatgina tashqi turtki orqali harakatga keladi.
Taqdir charxi tegirmon qanotlaridan ham tezroq aylanadi, kechagina yuqorida bo‘lganlar bugun tuproqqa qorishib ketdi.
Kim taqdirning marhamatiga kamroq suyansa, o‘sha hokimiyatda uzoqroq qoladi.
Ayb o‘zingda, taqdirdan nolima.
Taqdir tasodifdan ko‘ra muqarrroqdir. Taqdir insonning tabiatida mujassamlashgan.
Sodir bo‘layotgan barcha ishlar taqdirdan emas. Ba’zilari o‘z qo‘limizda.
Taqdirdan qochib bo‘lmaydi — boshqacha aytganda, o‘z harakatingning muqarrar oqibatlaridan qutulish imkonsiz.
Odamlar o‘z taqdirlarini oldindan ko‘rsalar ham, undan qochib qutula olmaydilar.
Taqdir hech nimani abadiy mulk qilib bermaydi.
Taqdir - bu bizga majburan yuklanadi, natijada yuzaga kelgan holat esa biografiya deb ataladi.
Har bir kishi o‘z taqdirining ijodkoridir.