Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Sizlar ko’pchilik dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz.
Jahlni ichga yutish zahar ichib, boshqa kishining o’lishini kutish bilan tengdir.
Yaratuvchanlik – bu aqlan vaqtichog’lik qilishidir.
Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang.
Muhim ahamiyatga ega bo’lgan nimaiki yaratilgan bo’lsa, albatta u kuchli tartib asosida tashkil etilgan.
Agar siz baxtli hayot kechirishni istasangiz, odamlarga emas, maqsad sari yashang.
Hayotning fojiasi shundaki, qariyalar juda erta, donishmandlar esa juda kech ulg‘ayishadi.
Hayotning eng katta sabog‘i, ahmoqlar ham haq bo‘ladi.
Hayotning siri yetti marta yiqilib, sakkiz marta turishdir.
Uyda oilasi bag‘rida mazali taomlar yeb, hordiq chiqarishdan yaxshiroq totlirog'i bo'lmasa kerak.
Farzandingiz va turmush o‘rtog‘ingizni birinchi o‘ringa qo‘yish - oilani mustahkam saqlashning eng yaxshi usuli.
Agar reja ish bermasa, ini o’zgartiring. Ammo maqsadni emas.
Har doim ko’zingizni ochib yuring va kuzating. Chunki ko'zingiz ilg'agan manzara sizni ruhlantiradi.
Oilaviy hayotda, quyosh har kuni ham charaqlab chiqavermaydi!
Oila - hayot dengizidagi qutqaruvchi nimcha.
Farzandiga o‘z burchini bajarishni o‘rgatmagan ota qanchalik aybdor bo‘lsa, unga e’tiborsiz bo‘lgan o‘g‘il ham shunchalik aybdor bo‘ladi.
Oila - dunyodagi eng oliy rishta. Agar oilangiz bo‘lmasa, hech nimangiz yo‘q deb hisoblang. Oila - bu sizning hayotingizdagi eng mustahkam qo'rg'on.
Ota-onangizni qadrlang - ular har qanday vaziyatda sizni yolg‘iz qoldirmaydigan yagona insonlardir.
Vatanni sevmoq oiladan boshlanadi.
Oila inson uchun dunyodagi eng xavfsiz, tashvishlardan xoli maskanga aylanishi kerak.
103 / 126