Ota-onangizni qadrlang - ular har qanday vaziyatda sizni yolg‘iz qoldirmaydigan yagona insonlardir.
Umar Xayyomning boshqa so'zlari
Ey, Olloh taolo, umidimni yo‘qotganimda, Sening muhabbating mening hafsalamsizligimdan ulug‘roq ekanini va Sening hayotim uchun mo‘ljallagan rejalaringning mening orzularimdan afzalroq ekanini eslatishingni iltijo qilaman...
Biri atirgulning hidini ajrata olmaydi. Boshqasi achchiq o‘tlardan asal oladi. Kimgadir arzimas narsa bersang, umrbod eslab qoladi. Kimgadir butun umringni bersang ham, u tushunmaydi.
Kechagi kun o‘tdi, ertangi kun hali kelmadi — demak, bugungi kun bilan yasha!
Aqlli inson hech qachon, hech kim bilan uch narsani o‘rtoqlashmaydi: o‘zining eng yashirin qo‘rquvlarini, o‘tmish haqidagi afsus-nadomatlarini va kech kelganining sabablarini.
Odamga loy otganingizda, shuni yodda tutingki, u odamga yetib bormasligi mumkin, ammo qo‘llaringizda qolib ketadi.
Boshqa aforizmlar
Oila nima? Quvonch va qayg‘uda,kerakli vaqtda va nima bo‘lishidan qat’i nazar, sen bilan umrbod yashaydigan insonlardir.
Qish - bu shinamlik, mazali taomlar va iliqlik, do‘stona teginish va kamin yonida suhbatlashish vaqti: bu shinam uy.
Ko‘rinishingizning mutlaqo ahamiyati yo‘q, baribir sizni dunyodagi eng go‘zal inson deb hisoblaydigan yaqiningiz bor.
Oila - bu kichik jamiyat bo‘lib, butun insoniyat jamiyatining xavfsizligi uning yaxlitligiga bog‘liq.
Oilaviy hayotda sevikli kishining fikrlari, e’tiqodlari, his-tuyg‘ulari, intilishlari bilan hisoblashmoq kerak. O‘z qadr-qimmatini saqlagan holda, bir-biriga yon berishni bilish kerak.
Oilaviy hayotni adolat ruhi bilan saqlab bo‘lmaydi. Aksincha, adolat bilan birga sevgi ruhi bilan qo‘llab-quvvatlash lozim.