Jamiyat

Qo‘lingizdan keladigan hamma narsani, hatto orzu qilishingiz mumkin bo‘lgan ishlarni boshlang. Jasoratda daholik, kuch va sehr bor.

Gyote
Insoniyat, Jamiyat, Muvaffaqiyat

Umid bo'lmasa, uning o'rnini zulmat qoplaydi.

Anjey Sapkovskiy
Insoniyat, Jamiyat

Agar orzuingiz uzoq vaqt amalga oshmasa, demak, bu sizning orzuingiz emas... Orzu qiling!

Tatyana Tolstay
Insoniyat, Jamiyat

Orzular har doim biz kutganimizdan boshqacha amalga oshadi.

Viktor Pelevin
Insoniyat, Hayot, Jamiyat

Orzuning yo‘qligi xalqni halok qiladi.

Jon Kennedi
Insoniyat, Idrok, Jamiyat

Inson hayotning ma’nosini ko‘rish uchun orzu qilishi kerak.

Volter
Insoniyat, Jamiyat, Hayot, Idrok, Ong

O‘z-o‘zini sevish nima? Bu hayotda o'z maqsadini topish va o‘zingizga yoqadigan ish bilan mashgul bo'lish.

Luiza Xey
Insoniyat, Jamiyat

Agar hayotda o‘z maqsadingiz bo‘lmasa, unda kimning maqsad bo‘lsa, o‘sha odam uchun ishlaysiz.

Leonardo di Kaprio
Insoniyat, Jamiyat, Idrok

Muvaffaqiyatni nishonlamoq yaxshi, ammo muvaffaqiyatsizliklardan saboq olish undan ham muhimroq.

Bill Geyts
Insoniyat, Jamiyat, Motivatsiya, Mehnat

Bizga do‘st bo‘ladiganlarga ham, dushmanlarga ham do‘stlik va muhabbat qo‘lini cho‘zishimiz kerak.

Artur Esh
Insoniyat, Jamiyat

Agar siz hayotga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartirsangiz, siz nazar tashlagan hamma narsa o‘zgaradi.

Ueyn Dayer
Insoniyat, Jamiyat

Bizning eng katta shon-shuhratimiz hech qachon yiqilmaslikda emas, balki har safar yiqilganimizda o‘rnimizdan turishimizda.

Konfutsiy
Insoniyat, Motivatsiya, Jamiyat, Mehnat

Muvaffaqiyatsizlik - bu shunchaki yangidan boshlash imkoniyati, bu safar esa eski xatoni takrorlamang!

Genri Ford
Insoniyat, Motivatsiya, Ong, Jamiyat

Juma kuni odamlar ish haftasining boshqa kunlariga qaraganda ko‘proq tabassum qilishadi!

Keyt Sammers
Insoniyat, Jamiyat

Baxtsiz yoki baxtli bo'lish o'z qo'lingizda.

Ueyn Dayer
Insoniyat, Jamiyat, Ong

Ertalab uyg‘onganingizda, yashash, fikrlash, zavqlanish, sevish qanday ulug' ne'mat ekanligini unutmang.

Mark Avreliy
Insoniyat, Jamiyat

Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz odamlar o‘rtasidagi farq shundaki, biri harakat qiluvchilar, boshqasi esa faqat xohlaydi.

Edmond Mbiaka
Insoniyat, Mehnat, Jamiyat

Qo‘lingdan kelganini, bor narsangni joyda qil.

Teodor Ruzvelt
Insoniyat, Jamiyat

Agar siz orzu qila olsangiz, demak buni qila olasiz.

Uolt Disney
Motivatsiya, Mehnat, Insoniyat, Jamiyat

Qo‘lingdan kelganini qil. Bundan ortig‘ini hech kim qila olmaydi.

Djon Vuden
Insoniyat, Jamiyat

Agar ijobiy energiya tarqatmasangiz, salbiy energiya tarqatgan bo'lasiz.

Mark Kyuban
Insoniyat, Jamiyat

Boshqalarning siz haqingizdagi fikri haqiqatingizga aylanishiga yo‘l qo‘ymang.

Les Braun
Insoniyat, Ong, Jamiyat

Oilangizni seving, mehnat qiling, ishtiyoqingiz bilan yashang.

Geri Vaynachurk
Oila, Insoniyat, Jamiyat

Yolg‘iz o‘zimiz juda oz, birgalikda esa juda ko‘p ish qilishimiz mumkin.

Xelen Keller
Jamiyat, Insoniyat, Mehnat, Motivatsiya

Birlashish - bu boshlanish. Birlikni saqlab qolish - bu taraqqiyot. Birgalikda ishlash - bu muvaffaqiyat.

Genri Ford
Insoniyat, Jamiyat, Mehnat

Eng qiyini - harakat qilishga qaror qilish, qolgani - qat’iyat.

Ameliya Erxart
Insoniyat, Mehnat, Jamiyat, Motivatsiya

Ta’lim dunyoni o‘zgartirish uchun ishlatishingiz mumkin bo‘lgan eng kuchli quroldir.

Nelson Mandela
Insoniyat, Ilm, Ong, Jamiyat

Agar siz xotirjam uxlamoqchi bo‘lsangiz, har kuni ertalab qat’iyat bilan turishingiz kerak.

Djordj Lorimer
Ilm, Jamiyat

O‘zida yo‘q narsadan xafa bo‘lmay, o‘zida bor narsadan xursand bo‘lgan kishi donodir.

Epiktet
Insoniyat, Motivatsiya, Jamiyat

Muvaffaqiyatli inson - bu boshqalar unga tashlaydigan g‘ishtlardan mustahkam poydevor qura oladigan insondir.

Devid Brinkli
Insoniyat, Motivatsiya, Jamiyat

Muvaffaqiyatli odam o‘z xatolari ustida ishlaydi va yana urinib ko‘radi, lekin boshqacha yo‘l bilan.

Deyl Karnegi
Insoniyat, Motivatsiya, Mehnat, Jamiyat

Xato qilib, tuzatmagan odam yana xato qiladi.

Konfutsiy
Insoniyat, Jamiyat

Bitta jasur odam ko‘pchilik o'rnini bosa oladi.

Endryu Jekson
Insoniyat, Jamiyat

Muvaffaqiyatli odam bo‘lishga emas, balki nimagadir arziydigan odam bo‘lishga harakat qiling.

Albert Eynshteyn
Insoniyat, Jamiyat

O‘zini yenggan kishi eng buyuk jangchidir.

Konfutsiy
Insoniyat, Jamiyat

Ayollar bu o‘yinni xuddi erkaklar kabi o‘ynashni o‘rganishlari kerak.

Eleonora Ruzvelt
Insoniyat, Jamiyat

Biror narsa demoqchi bo‘lsangiz, erkakdan so‘rang, biror narsa qilmoqchi bo‘lsangiz, ayoldan so‘rang.

Margaret Tetcher
Insoniyat, Jamiyat

Ayol o‘ziga o‘zi yaxshi do‘st bo‘lsa, hayot osonlashadi.

Diana fon Fyurstenberg
Insoniyat, Jamiyat, Motivatsiya

Ayollar o‘rganishi kerak bo‘lgan narsa shuki, sizga hech kim hokimiyat bermaydi. Siz uni o'zingiz olasiz.

Rozanna Barr
Motivatsiya, Mehnat, Insoniyat, Ong, Jamiyat

Qirolichadek o‘yla. Qirolicha muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaydi. Omadsizlik buyuklik sari qo‘yilgan yana bir qadamdir.

Opra Uinfri
Mehnat, Ong, Insoniyat, Jamiyat

Biz shunchaki boshqa odamlarni kutib o‘tirmaymiz. Biz yaratamiz va amalga oshiramiz.

Arlan Gamilton
Mehnat, Insoniyat, Motivatsiya, Jamiyat

Boshqalarga quvonch ulashsangiz, siz undan ham ziyoda quvonch olasiz. Insonlarga qanchalik baxt ulashayotganingizni tasavvur qilib ko'ring.

Eleonora Ruzvelt
Motivatsiya, Insoniyat, Jamiyat

har bir kunning lazzatini faqat taqdir majburiyatidan o‘zimizni chetga olsakkina tota olamiz.

Emil Mishel Choran
Insoniyat, Jamiyat, Tarbiya

Biz aslida jamiyatga butunlay bog‘liqmiz. Aynan u bizning taqdirimizni yo‘naltiradi.

Lui-Ferdinanda Selina
Jamiyat, Taqdir

Haqiqiy tarbiya tabiatga mos ravishda rivojlanishga intiladi, lekin vaqtidan oldin yetilishga emas.

Адольф Дистервег
Jamiyat, Tarbiya

Oddiy, qo‘pol odamni qayta tarbiyalash mumkin, ammo o‘zini nozik deb hisoblaydigan kishi tuzatib bo‘lmas darajadadir.

Uilyam Xezlitt
Jamiyat, Insoniyat

Tarbiyachimiz bizning voqeligimizdir.

Maksim Gorkiy
Insoniyat, Jamiyat

Har bir kishida ikki xil tarbiya mavjud: biri boshqalar tomonidan beriladigan tarbiya, ikkinchisi esa, o‘zi uchun muhimroq bo‘lgan, o‘ziga o‘zi beradigan tarbiya.

Éduard Gíbbon
Insoniyat, Jamiyat, Tarbiya

Sevgan odamlardan o‘rganiladi.

Gyote
Insoniyat, Jamiyat

Biz kimlardan o‘rgansak, ularni ustozlarimiz deb ataymiz, lekin bizga ta’lim beradiganlarning barchasi ham bu nomga munosib emas.

Gyote
Jamiyat, Ta'lim

Qattiq intizom orqali ko‘p narsaga erishish mumkin, sevgi bilan undan-da ko‘prog‘iga, ammo eng ko‘p natijaga ishni yaxshi bilish va shaxsga nisbatan adolatli bo‘lish orqali erishiladi.

Gyote
Insoniyat, Jamiyat, Tarbiya

Tarbiya qanchalik mukammal bo‘lsa, xalqlar shunchalik baxtli bo‘ladi.

Klod Adrian Gelvetsiy
Jamiyat, Insoniyat, Tarbiya

Tarbiya, asosan, qalbimizga shaxs va jamiyat uchun foydali bo‘lgan odatlarni singdirishi lozim.

Klod Adrian Gelvetsiy
Jamiyat, Tarbiya

Har bir mamlakatda odamlarni shakllantirish san’ati boshqaruv shakli bilan shunchalik chambarchas bog‘liqki, davlat tuzumining o‘zida o‘zgarishlar ro‘y bermasa, ijtimoiy tarbiyada biron-bir sezilarli o‘zgarish sodir bo‘lishi deyarli mumkin emas.

Klod Adrian Gelvetsiy
Jamiyat

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.