Ayol

Agar ayol erkakka "Sen eng aqllisan" desa, demak, u boshqa bunday ahmoqni topa olmasligini tushunadi.

Faina Georgiyevna Ranevskaya
Insoniyat, Ayol, Hayot

Haqiqiy erkak - ayolning tug‘ilgan kunini aniq eslaydigan, lekin uning yoshini hech qachon bilmaydigan erkakdir. Ayolning tug‘ilgan kunini eslay olmaydigan, ammo necha yoshda ekanini aniq biladigan erkak - uning eridir.

Faina Georgiyevna Ranevskaya
Insoniyat, Oila, Ayol, Muhabbat

Kimgadir bitta ayol yetmaydi va u beshinchi, o‘ninchi ayolga o‘tib boraveradi. Boshqasiga esa bitta-yu bitta qizni sevish uchun umr kamlik qiladi.

Konstantin Xabenskiy
Insoniyat, Hayot, Ayol, Muhabbat

Kichkina qizaloqligimda hech kim menga chiroyli ekanligim haqida gapirmagan. Qizaloqlarga ular chiroyli bo‘lmasalar ham, maftunkor ekanliklari haqida gapirish kerak.

Merlin Monro
Insoniyat, Ayol, Go'zallik

O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish yurakdan boshlanmog‘i lozim, aks holda hech qanday pardoz-andoz foyda bermaydi.

Koko Shanel
Insoniyat, Ayol, Go'zallik

Har qanday ayol ham chiroyli bo‘lib tug‘ilmaydi, lekin agar u 30 yoshgacha chiroyli bo‘lib tug‘ilmagan bo‘lsa, u shunchaki ahmoqdir.

Koko Shanel
Ayol, Go'zallik

Ayolning haqiqiy go‘zalligi sog‘lig‘ida, tetik bo‘lishida.

Jeyn Fonda
Ayol, Go'zallik

Chiroyli ayolni masxara qilish oson ish emas, chunki u sizning so‘zlaringizdan xunuklashib qolmaydi.

Uinston Cherchill
Ayol, Go'zallik

Ayol gul kabi go‘zal. Ammo har bir gul biroz ochilgan bo‘lmog‘i lozim.

Eva Longoriya
Ayol, Insoniyat, Go'zallik

Go‘zal ayol haddan tashqari aqlli bo‘lmasligi kerak - bu diqqatni chalg‘itadi.

Mark Jilver Sovajon
Ayol, Go'zallik

Ayol uchun aqldan ko‘ra go‘zallik muhimroq, chunki erkakka o‘ylashdan ko‘ra qarash osonroq.

Marlen Ditrix
Go'zallik, Insoniyat, Ayol

Nima uchun ayollar aqlni rivojlantirishga emas, balki tashqi ko‘rinishga shunchalik ko‘p vaqt va mablag‘ sarflashadi? Chunki ko‘zi ojiz erkaklar aqlli erkaklarga qaraganda ancha kam.

Faina Georgiyevna Ranevskaya
Insoniyat, Ayol, Go'zallik

Ayolni go‘zalligi emas, olijanobligi maftun etadi.

Noma'lum muallif
Go'zallik, Ayol, Hayot

Ayolning shon-shuhrati uning go‘zalligida, erkakning shon-shuhrati esa kuch-qudratida.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Ayol, Go'zallik

Go‘zal ayol - siz e’tibor beradigan ayol; maftunkor ayol esa - sizga e’tibor beradigan ayoldir.

Adlay Stivenson
Ayol, Hayot, Go'zallik

Ayolning go‘zalligi libosida, qaddi-qomatida, soch turmagida emas. U - ko‘zlarning chaqnashida. Zero, ko‘zlar muhabbat yashaydigan qalb darvozasidir.

Odri Xepbern
Ayol, Go'zallik, Insoniyat

Ayol uchun aqldan ko‘ra go‘zallik muhimroq, chunki erkak kishi fikrlashdan ko‘ra ko‘rishni ma’qul ko‘radi.

Marlen Ditrix
Insoniyat, Go'zallik, Ayol, Muhabbat

20 yoshingizda tabiat ato etgan yuzingiz; 30 yoshingizda hayot shakllantirgan сhehrangiz; 50 yoshingizda esa o‘zingiz munosib bo‘lgan yuzingiz bo'ladi.

Koko Shanel
Ayol, Go'zallik, Insoniyat, Hayot

Kichkinaligimda hech kim menga chiroyli ekanligimni aytmagan. Barcha qizaloqlarga chiroyli bo‘lmasa ham, go‘zal ekanliklarini aytish kerak.

Merilin Monro
Go'zallik, Insoniyat, Ayol

Agar qiz bola yoshligida nihoyatda go‘zal bo‘lsa-yu, parishonxotir bo‘lib, hech narsani oxiriga yetkazmasa - go‘zallik tezda yo‘qoladi. Agar u juda kamtarona tashqi xususiyatlarga ega bo‘lsa-yu, lekin kuchli xarakterga ega bo‘lsa, yillar o‘tishi bilan jozibadorligi ortib boradi.

Sofi Loren
Insoniyat, Go'zallik, Ayol, Hayot

Xunuk ayollar bo‘lmaydi, dangasalari bo‘ladi.

Koko Shanel
Ayol, Go'zallik

Sen qanday bo‘lsang, shundayligingcha go‘zalsan.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Go'zallik, Ayol

Ba’zida menga mo‘jiza kerak bo‘lganda, qizimning ko‘zlariga qarayman va u menda allaqachon borligini tushunaman.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Idrok, Baxt, Quvonch, Ayol

Bir qiz yigirma yigitga teng.

Piter Pen
Ayol, Hayot

Ayollarning chiroyli ko‘rinishi emas, mehribonligi muhabbatimni qozonadi.

Vashington Irving
Yaxshilik, Ayol

O‘zimni yaxshilash yo‘llarini izladim va yaxshilik eng yaxshi usul ekanligini angladim.

Ledi Gaga
Ayol, Yaxshilik, Hayot

Ayolning salomatligi uchun erkaklarning hayratli nigohlari kaloriya beradi.Dorilardan samaraliroqdir.

Fransuaza Sagan
Ayol, Salomatlik, Muhabbat

Kuchli ayol o‘zini himoya qilish bilan birga yaqinlarini ham asray oladi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Ayol

Ertalab xuddi kechasi yig‘lamagandek tabassum qila oladigan ayol kuchli bo‘ladi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Ayol, Hayot

Doim kuchli bo'l, barchaga tabassum qilayotganingni ko‘rishga va o‘ylashga majbur qil.

Noma'lum muallif
Ayol, Insoniyat

Mabodo boshimni quyi solgudek bo‘lsam, tuflimni tomosha qilish uchungina shunday qilaman.

Noma'lum muallif
Ayol, Insoniyat

Kuchli ayol o‘z hayotini jilovlashni biladi. Ko‘zlarida yosh bilan "Ha, men yaxshiman" deyishga muvaffaq bo‘ladi.

Noma'lum muallif
Ayol, Insoniyat, Hayot

Qichqirishing mumkin, yig‘lashing mumkin, asosiysi - taslim bo‘lma.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Ayol

Men ko‘p istaydigan go‘zallik - bu erishish qiyin bo‘lgan go‘zallik: kuch, jasorat, qadr-qimmat.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Ayol

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.