Mehr

Hamma gap o‘zingni sevish va bu sevgini seni qadrlaydigan odam bilan bo‘lishishda.

Erta Kitt
Muhabbat, Mehr, O'zlikni anglash, Insoniyat

Agar siz o‘zingizni sevishni bilmasangiz, kimnidir sevishingiz qiyin bo‘ladi, chunki siz boshqa odamga bergan, lekin o‘zingizga bermagan vaqt va energiyadan g‘azablanasiz.

Barbara De Anjelis
Insoniyat, Idrok, Muhabbat, O'zlikni anglash, Mehr

Muhabbat - buyuk mo‘jizakor dori.

Luiza Xey
Muhabbat, Mehr, Insoniyat

Agar sen o‘zingni sevmasang, hech kim seni sevmaydi, sen ham hech kimni seva olmaysan.

Ueyn Dayer
Insoniyat, Mehr, O'zlikni anglash, Muhabbat

Onaning quchog‘i boshqa quchoqlardan ko‘ra kuchli tasalli beradi.

Malika Diana
Baxt, Ayol, Mehr, Ona, Muhabbat

Ona mehri - bu rohat, xotirjamlik, unga loyiq bo‘lish ham, erishish ham kerak emas.

Erix Fromm
Mehr, Ona, Muhabbat

Onangizning ko‘zlariga qaraganingizda, bu yer yuzida topilishi mumkin bo‘lgan eng sof muhabbat ekanligini tushunasiz.

Mitch Elbom
Insoniyat, Muhabbat, Mehr, Ona, Ayol

Ona - bu hammaning o‘rnini bosa oladigan, lekin uning o‘rnini boshqa hech kim bosa olmaydigan zotdir.

Kardinal Mermillod
Mehr, Ota-ona, Oila, Farzand

Ona - yer yuzidagi o‘z mehrini o‘nta farzandga teng taqsimlay oladigan yagona insondir, va har bir bola baribir o‘zini chin dildan sevilayotganini his qiladi.

Noma'lum muallif
Oila, Mehr, Ota-ona

O‘ziga g‘amxo‘rlik qilgan holda boshqalarga zarar yetkazmasligi kerak.

Platon
Insoniyat, Mehr, Muhabbat

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.