Harakat

Depressiyani keltirib chiqarmaydigan faqat bitta ish turi bor - bu siz bajarishingiz shart bo‘lmagan ish.

Jorj Elgozi
Mehnat, Harakat, Hayot

Odamlar pul topish uchun ishlaydilar. Pul erkinlikka erishish vositasidir. Agar zavq bilan topilgan pul hayotni taassurotlarga to‘ldirish va bilimga bo‘lgan ishtiyoqni qondirish imkonini bersa, hayot muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘ladi. Agar sen yaxshi kunni ko‘rmaydigan darajada ishlasang, nega mehnat qilasan?

Yevgeniy Chichvarkin
Mehnat, Harakat, Daromad

Ba’zilar hayot bu kurash desa, boshqalar o‘yin deydi. Men hayot - bu ish degan qarashga amal qilaman. Ish qancha ko‘p bo‘lsa, hayot shuncha qiziqarli bo‘ladi.

Sergey Bondarchuk
Insoniyat, Mehnat, Imkoniyat, Kasb, Harakat

Harakat ishtahani qo‘zg‘atganidek, mehnat ham rohat-farog‘atga bo‘lgan intilishni uyg‘otadi.

Noma'lum muallif
Mehnat, Muvaffaqiyat, Harakat, Kasb, Insoniyat

Bekorchilikning eng yaxshi davosi - doimiy va halol mehnat.

Migel de Servantes Saavedra
Mehnat, Imkoniyat, Harakat

Mehnat hayot chirog‘iga moy quyadi.

Jon Bellers
Mehnat, Harakat

Mehnat - rohat, yalqovlik - balo.

Abay Kunanbayev
Mehnat, Harakat, Imkoniyat

Baxt ko‘p mehnat qilgan odamga nasib etadi.

Leonardo da Vinchi
Mehnat, Baxt, Muvaffaqiyat, Imkoniyat, Harakat, Insoniyat

Insonning barcha mehnati og‘zi uchundir, ko‘ngli esa to‘ymaydi.

Vetxiy Zavet
Insoniyat, Mehnat, Harakat

Mehnat va tejamkorlik farovonlikka olib keladi.

Xan Fey-szi
Mehnat, Imkoniyat, Harakat

Jismoniy mehnat ezgulikka xizmat qiladigan ishdir.

Syun-szi
Mehnat, Muvaffaqiyat, Imkoniyat, Harakat

Kim tirishqoq bo‘lsa, yashash imkoniyatiga ega bo‘ladi, kim tirishqoq bo‘lmasa, yashash imkoniyati qiyin kechadi.

Mo-szi
Mehnat, Imkoniyat, Harakat, Muvaffaqiyat

Yo‘llar bir xil bo‘lmaganda, birgalikda rejalar tuzilmaydi.

Konfutsiy
Hayot, Harakat, Imkoniyat

Yer haydaganni omoch to‘ydiradi.

Noma'lum muallif
Mehnat, Harakat, Kasb

Kuchingiz yetguncha mehnat qiling.

Ovidiy
Insoniyat, Mehnat, Imkoniyat, Harakat, Jamiyat

Buyuk insonlarni mehnat quvvatlantiradi.

Lutsiy Anney Seneka
Mehnat, Muvaffaqiyat, Harakat, Imkoniyat

Hayotda hech nima katta mashaqqatsiz qo‘lga kiritilmaydi.

Goratsiy
Mehnat, Muvaffaqiyat, Imkoniyat, Harakat

Inson halol mehnat qilsa, 1 so'm puli 1000 so'mlik barakani beradi.

Dilnoza Abduqodirova
Mehnat, Imkoniyat, Harakat, Quvonch

Mehnat bizni uch buyuk illatdan: zerikish, illat va muhtojlikdan xalos etadi.

Volter
Mehnat, Imkoniyat, Harakat, Kasb

Mehnat. A ning B uchun mulkka egalik qilish jarayonlaridan biri.

Ambroz Bris
Mehnat, Harakat, Kasb, Imkoniyat

Faqat mehnatgina insonni baxtli qilishi, uning qalbini tiniqlik, uyg‘unlik va o‘zidan qoniqishiga sabab bo'ladi.

Vissarion Belinskiy
Mehnat, Quvonch, Kasb, Harakat

Doimiy mehnat san’atning ham, hayotning ham qonunidir.

Onore de Balzak
Hayot, Mehnat, Kasb, Harakat

Mehnat zavqi - bu avvalambor qiyinchiliklarni yengib o‘tish quvonchi, mana, biz jismoniy va ma’naviy kuchimizni sarflab, g‘olib bo‘ldik, uzoq vaqt intilib kelgan cho‘qqiga ko‘tarildik, deb faxr bilan his qilish va boshdan kechirishdir. Mehnat quvonchi - cho‘qqi sari sabot bilan harakat qilishda, tabiat kuchlari ustidan g‘alaba qozonishda.

Vasiliy Suxomlinskiy
Insoniyat, Mehnat, Motivatsiya, Muvaffaqiyat, Imkoniyat, Kasb, Harakat

Hayotda intilish bo‘lmasa zulmatdir. Har qanday intilish bilim bo‘lmaganda ko‘r bo‘ladi. Mehnat bo‘lmasa, har qanday bilim befoyda. Muhabbat bo‘lmasa, har qanday mehnat samarasiz bo‘ladi.

Xalil Jebran
Hayot, Mehnat, Muhabbat, Harakat, Ilm

Agar ajoyib kunlardan birida buyuk bir nima yaratmoqchi bo‘lsang, unutma: ajoyib kunlardan biri - bu bugun.

Stiven Spilberg
Insoniyat, Imkoniyat, Harakat, Motivatsiya

Buyuk ishlarni amalga oshirish kerak, ularni cheksiz o‘ylash kerak emas.

Yuliy Sezar
Insoniyat, Harakat, Imkoniyat

Muvaffaqiyatli inson bo‘lishga emas, balki qadrli bo‘lishga intiling.

Albert Eynshteyn
Insoniyat, Muvaffaqiyat, Harakat

Kimda-kim orzu-umidlarga to‘la bo‘lsa, u allaqachon kelajakda yashaydi.

Lev Shéffer
Insoniyat, Harakat, Imkoniyat

Har tong - hayotni yangidan boshlash vaqti.

Paulo Koelo
Insoniyat, Imkoniyat, Harakat, Hayot

Hayot, umuman olganda, faktlar va hodisalardan iborat emas. U asosan miyada doimo aylanib yuradigan fikrlar bo‘ronidan iborat.

Mark Tven
Insoniyat, Idrok, Harakat

Hayotning ma’nosi mavjud emas, uni o‘zim yaratishimga to‘g‘ri keladi.

Jan-Pol Sartr
Insoniyat, Hayot, Idrok, Harakat

Qo‘lingizdan kelishiga ishonsangiz bas, maqsadga oz qoldi.

Teodor Ruzvelt
Insoniyat, Muvaffaqiyat, Harakat, Motivatsiya

Muvaffaqiyat uzil-kesil emas, mag‘lubiyat halokatli emas. Faqat davom etish uchun jasorat kerak.

Uinston Cherchill
Insoniyat, Motivatsiya, Muvaffaqiyat, Harakat, Imkoniyat

Harakat qilish qanchalik muhim ekanligidan hayratda qoldim. Bilmoqning o‘zi yetarli emas, bilimdan foydalanish kerak. Biror narsani xohlamoq kamlik qiladi, qilish kerak.

Leonardo da Vinchi
Insoniyat, Imkoniyat, Harakat, Motivatsiya

Biz faqat oldingi xatolarimizdan iborat emasmiz. O‘zimizni shunga ishontirishimiz kerak. Biz hali qilmagan ishlarimiz juda ko'p.

Fredrik Bakman
Insoniyat, Imkoniyat, Harakat, Motivatsiya

Nafrat, gunoh va hasaddan qoch! Orzuingni ko‘mishga yo‘l qo‘yma, uni haqiqatga aylantir. Olg'a intil va yasha.

Bob Marli
Insoniyat, Hayot, Motivatsiya, Harakat

Muammolar sizni orqaga itarishi uchun emas, balki orzular sari oldinga intilish kerak.

Duglas Everett
Insoniyat, Hayot, Motivatsiya, Harakat

Motivatsiya o‘ta shaxsiy masala bo‘lib, qaysi so‘zlar yoki obrazlar qalbingizda akssado berishini faqat o‘zingiz bilasiz.

Deniyel Pink
Insoniyat, Hayot, Motivatsiya, Harakat, Imkoniyat

Qiyinchiliklar oldida chekinma. Ularning yuziga tik qara. Ulardan ustun kelmaguningcha qarab tur.Charlz

Charlz Dikkens
Insoniyat, Harakat, Hayot

Hayot - dunyoda eng noyob tuhfa. Ko‘pchilikka faqat mavjudlik tanish.

Oskar Uayld
Insoniyat, Hayot, Harakat, Imkoniyat

Bu hayotda qanday yiqilishning ahamiyati yo‘q. Qanday ko‘tarilish muhim.

Sheron Stoun
Insoniyat, Quvonch, Imkoniyat, Harakat, Hayot

Yo arziydigan biror nima yoz yoki yozishga arziydigan biror nima qil.

Benjamin Franklin
Insoniyat, Imkoniyat, Harakat, Hayot

Hayotda bir marta ham yiqilmaslik eng katta yutuq emas. Eng muhimi, har safar o‘rnidan turib ketishdir.

Nelson Mandela
Insoniyat, Hayot, Idrok, Muvaffaqiyat, Harakat, Imkoniyat

Sen genetikam yomon, moddalar almashinuvim yaxshi emas deyishing mumkin, lekin buning o‘rniga shunchaki divandan turib, o‘z ustingda ishlashni boshlashing, maqsad qo‘yib, o‘zingga ishonishing mumkin. Bunday holda sen, albatta, muvaffaqiyatga erishasan.

Arnold Shvarsenegger
Ilm, Insoniyat, Hayot, Idrok, Muvaffaqiyat, Imkoniyat, Harakat, Motivatsiya

Har doim eng qiyin yo‘lni tanlang - unda siz raqobatchilarni uchratmaysiz.

Sharl de Goll
Insoniyat, Harakat

Keng ko‘lamli fikrlaringizni iloji boricha tezroq amalga oshiring. Yolg‘on bahonalar sizni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymang. Bahonalar - qo‘rquv alomati.

Donald Tramp
Insoniyat, Imkoniyat, Harakat, Idrok

Qanchalik sekin yurganing emas, qancha vaqt to‘xtamasdan yurganing muhim.

Konfutsiy
Insoniyat, Harakat, Hayot

Ishonchim komil: "mumkin emas" degan so‘z seni to‘xtatib qolishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Richard Brenson
Insoniyat, Jamiyat, Harakat, Imkoniyat

Pul degani nima? Inson ertalab uyg‘onib, kechqurun yotog‘iga qaytsa va shu orada o‘zi yaxshi ko‘rgan ishni qilsa, muvaffaqiyatli hisoblanadi.

Bob Dilan
Insoniyat, Jamiyat, Harakat, Imkoniyat

Harakatlar qilishning qanchalik muhimligidan hayratga tushdim. Faqat bilishning o‘zi yetarli emas ekan, bilimni qo‘llash zarur. Biror narsani shunchaki xohlashning o‘zi kamlik qiladi, uni amalga oshirish kerak.

Leonardo da Vinchi
Insoniyat, Imkoniyat, Harakat, Muvaffaqiyat

Men vaziyat qurboni emasman, men o‘z qarorlarim natijasiman.

Stiven Kovi
Insoniyat, Muvaffaqiyat, Harakat, Imkoniyat

Maqsadning aniqligi barcha yutuqlarning boshlang‘ich nuqtasidir.

Uilyam Klement Stoun
Harakat, Insoniyat, Muvaffaqiyat, Imkoniyat

Agar ichki ovoz sizga rasm chiza olmasligingizni aytsa - iloji boricha ko‘proq rasm chizing, shunda bu ovoz o‘chadi.

Vinsent Van Gog
Insoniyat, Harakat, Jamiyat

Iste’dod bizga shunchaki berilmaydi va uni qanday bo‘lmasin ishlatish kerak.

Mari Kyuri
Insoniyat, Hayot, Harakat, Idrok

Ular: "Qanday qilib o‘n besh daqiqada hamma ishni uddalay olasan?" deb so‘rashadi. Men javob beraman: "Bu oddiy. Bir soniyani ham behuda o‘tkazmaslik kerak."

Richard Brenson
Insoniyat, Idrok, Muvaffaqiyat, Harakat, Baxt

Muvaffaqiyat - bu optimizmni yo‘qotmasdan mag‘lubiyatdan mag‘lubiyatga o‘tish qobiliyatidir.

Uinston Cherchill
Insoniyat, Muvaffaqiyat, Harakat, Hayot

Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizning qaroringiz hamma narsadan muhimroq degan fikrga doimo ishoning.

Avraam Linkoln
Insoniyat, Idrok, Muvaffaqiyat, Harakat

Qo‘lingizdan kelishiga ishonsangiz, maqsadingizning yarmiga yetib borasiz.

Teodor Ruzvelt
Insoniyat, Harakat, Idrok

Orzuingiz sari dadil qadam tashlang. O‘zingiz o‘ylab topgan hayot bilan yashang.

Genri Devid Toro
Insoniyat, Hayot, Harakat

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.