Haqiqatan ham qilmoqchi bo‘lgan ishingizdan hech qachon voz kechmang. Katta orzularga ega inson barcha faktlarni biladigan odamdan ҳам kuchliroqdir.
Albert Eynshteynning boshqa so'zlari
Hayotni ikki xil yashab o‘tish mumkin. Birinchisi — mo‘jizalar bo‘lmaydi, deb hisoblash. Ikkinchisi — har bir hodisani mo‘jiza deb bilish.
Uyqusizlik muammo emas. Muammo shundaki, ertalab nima uchun uyg‘onishingizni bilmaysiz.
Mantiq sizni A nuqtadan B nuqtaga, tasavvur esa istalgan joyga olib borishi mumkin.
Agar baxtli hayot kechirishni istasangiz, uni odamlar yoki narsalarga emas, maqsadga bog‘lang.
Tabiatga diqqat bilan qarang, shunda hammasini tushunasiz.
Boshqa aforizmlar
Hayotdagi eng katta g‘alaba - bu salbiy fikrlash ustidan g‘alaba qozonishdir.
Shifokor ozoda bo‘lishi, yaxshi kiyimlarda yurishi kerak, zero bularning barchasi bemorlarda ishonch uyg‘otadi.
Ahmoqlar eng baxtli odamlardir. Ularda o‘zlarini baxtsiz qilish uchun yetarli aql yo‘q.
Eng og‘ir vaziyatlar ham insonga ich-ichidan yuksalish imkonini beradi.
Hech qachon hamma narsani bilaman deb o‘ylamang. Sizni qanchalik yuqori baholamasinlar, o‘zingizga: "Men nodonman," deyishga hamisha jur’atli bo‘ling.
Hech qachon mag‘lubiyat qo‘rquvi o‘yin o‘ynashingizga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymang.