Motivatsiya

O'zing o'ylaganingdan ko'ra, kuchli insonsan. Barchaning qo'lidan kelgan ishni, sen ham a'lo darajada uddalay olasan.

Dilnoza Abduqodirova
Insoniyat, Motivatsiya, Mehnat

Muvaffaqiyatga erishish uchun, birinchi navbatda, qo‘limizdan kelishiga ishonishimiz kerak.

Nikos Kazantzakis
Insoniyat, Motivatsiya, Mehnat

Muvaffaqiyat qoshingizga kelmaydi. Unga erishish uchun olg'a qadam tashlashingiz kerak.

Marva Kollina
Insoniyat, Idrok, Muvaffaqiyat, Motivatsiya

Haqiqatan ham xohlagan narsangizni qilishga qaror qilsangiz, hayotingizning butunlay boshqa bosqichi boshlanadi.

Richard Bakminster Fuller
Insoniyat, Hayot, Idrok, Motivatsiya

100 ta muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin ham umidsizlikka tushmaslik kerak, chunki 101 hayotingizni o‘zgartirishi mumkin.

Emmanyuel Mune
Insoniyat, Motivatsiya

O‘tmishga qaytib, startni o‘zgartira olmaysiz, lekin hozir start olib, finishni o‘zgartirishingiz mumkin.

Roy Jons
Insoniyat, Idrok, Motivatsiya

Tasavvur qilish mumkin bo‘lgan hamma narsa haqiqatdir.

Pablo Pikasso
Insoniyat, Idrok, Motivatsiya

O‘zingizni qanchalik yaxshi his qilsangiz hamda yuqori baholaysiz, maqsadlaringiz ham yuksak bo'lib,hayotda ko‘p narsaga erisha olasiz.

Brayan Treysi
Insoniyat, Idrok, Motivatsiya

Muvaffaqiyat baxtning kaliti emas. Baxt esa muvaffaqiyatning eng muhim kalitidir. Qilayotgan ishingiz o‘zingizga yoqsa - albatta muvaffaqiyatga erishasiz.

Albert Shveyser
Insoniyat, Muvaffaqiyat, Motivatsiya

Hayotdan nolimasdan shunchaki divandan turib, o‘z ustingda ishlashni boshlashing, maqsad qo‘ying va o‘zingizga ishoning. Shunday qilsangiz, albatta, muvaffaqiyatga erishasiz.

Arnold Shvarsenegger
Insoniyat, Motivatsiya

Kerakli ishni bajarishni boshlang. Keyin nima mumkin bo‘lsa, shuni qiling. To‘satdan imkonsiz ishni qilayotganingizni bilib qolasiz.

Avliyo Fransisk Assiz
Insoniyat, Motivatsiya

Agar ucha olmasang, yugur, agar yugura olmasang, yur, agar yura olmasang, emakla, lekin nima qilsang ham, oldinga intilishing kerak.

Martin Lyuter
Insoniyat, Motivatsiya

Hayotdagi baxt - doimo oldinga intilishdir.

Emil Zolya
Insoniyat, Motivatsiya

Oldinda bizni ortda qoldirayotganimizdan ko‘ra ancha yaxshi imkoniyatlar kutmoqda.

Klayv Lyuis
Insoniyat, Motivatsiya, Hayot

Agar siz buni uzoq vaqtdan beri xohlagan bo‘lsangiz, yil boshida qadam tashlashning ayni vaqti.

Stiv Djobs
Motivatsiya, Insoniyat

O‘zgarishlarning siri eskilikka qarshi kurash emas, yangilik yaratishga e’tibor qaratishdadir.

Suqrot
Insoniyat, Motivatsiya

O‘zgarish - hayot qonuni. Kimki faqat o‘tmishga yoki faqat bugunga qarasa, shubhasiz, kelajakni o‘tkazib yuboradi.

Jon Kennedi
Insoniyat, Motivatsiya

Har qanday vaziyatda bizda ikkita tanlov bor: o‘sish uchun oldinga qadam tashlash yoki xavfsiz joyga qaytish.

Abraxam Maslou
Insoniyat, Idrok, Hayot, Motivatsiya

Nimaga chin dildan ishonsang, o‘sha albatta mavjud bo'ladi.

Jeyms Joys
Insoniyat, Motivatsiya

Agar zerikmasangiz, mukammallikka erishish ancha oson.

Daniel Kaneman
Insoniyat, Motivatsiya

"Men buni qilishga tayyor emasman" deb o‘ylashning o‘rniga, o‘zingizga: "Men buni uddalayman va uddasidan chiqaman" deb ayting.

Sheril Sendberg
Motivatsiya, Insoniyat

Biror narsani qattiq xohlaganingizda, borliq sizning istagingiz amalga oshishiga yordam beradi.

Paulo Koelo
Insoniyat, Motivatsiya, Mehnat

Motivatsiya shaxsiy masala bo‘lib, qaysi so‘zlar yoki obrazlar qalbingizda aks sado berishini faqat o‘zingiz bilasiz.

Deniyel Pink
Insoniyat, Motivatsiya

Ba’zilar: "Mening hayotim qiyin o'tyapti, chunki hayotim qiyinchilikdan iborat, deb o'ylaydi!" Aslida esa buning aksi! Biz faqat yomon narsalarni o‘ylaganimiz uchun hayot qiyin ketyapti!

Endryu Metyuz
Insoniyat, Idrok, Motivatsiya

Rim bir kunda qurilgan emas. To‘laqonli, mazmunli hayot ham aynan shunday.

Rass Xerris
Insoniyat, Hayot, Sabr, Mehnat, Motivatsiya

Qalbida muhabbati bo‘lgan inson o‘zining og‘ir va achchiq hayotidan quvonishga, uning mashaqqatlarini minnatdorchilik bilan o‘z yelkasida ko‘tarishga, har qanday musibatga qarshi kurashda bardosh berishga va barchasini yengib o‘tishga qodir.

Aleksey Ivanov
Insoniyat, Idrok, Sabr, Motivatsiya

Bilmagan narsangizdan qo‘rqmaslik kerak. Sizlar yosh bolaga o‘xshaysizlar - qorong‘ilikdan qo‘rqasizlar.

Donna Tartt
Insoniyat, Idrok, Motivatsiya

Paydo bo‘lgan istaklar kechiktirilmasdan amalga oshirilishi kerak. Aks holda, barchasi nihoyasiga yetishi miumkin. Umr qisqa, hozirning o'zida istaklaringni amalga oshir!

Mixail Veller
Insoniyat, Muvaffaqiyat, Hayot, Motivatsiya

Muhimi, sizni mag‘lub etishgani emas. Muhimi, siz qarshilik ko‘rsatdingiz!

Leonid Zorin
Insoniyat, Motivatsiya

Agar parvardigor senga yordam berishini istasang, avvalo o‘z kuchingni sarflashing kerak.

Tuve Yansson
Insoniyat, Mehnat, Motivatsiya

Har bir vaziyatda ijobiy tomonlarni izlang. Musibat va xafagarchilikni ko‘rib, shukr qilish qiyin. Hayotingizda yoqimli, go‘zal va ilhomlantiruvchi baxtli lahzalarni topishga o‘zingizni majbur qiling. Yaxshi narsalarni o'ylang va atrofingizda sodir bo‘layotgan barcha ijobiy holatlarni seza boshlaydi. Nimani izlasangiz, o‘shani topasiz.

Den Valdshmidt
Insoniyat, Motivatsiya

Muvaffaqiyat hammasi zo'r degani emas, muvaffaqiyatsizlik hali intiho emas; faqat kurashni davom ettirish uchun jasorat kerak.

Andrey Kurpatov
Insoniyat, Muvaffaqiyat, Motivatsiya

Mazmunli hayot osmondan tushmaydi, uni biz amalga oshiramiz, u qalbimizda mujassam.

Fedor Dostoyevskiy
Insoniyat, Hayot, Motivatsiya

Bu hayot biror nnimadan xafa bo‘lishga arziydimi? Hammasi o‘tib ketadi, bu ham o‘tib ketadi.

Daniil Granin
Insoniyat, Hayot, Motivatsiya

Qancha ko‘p qiyinchiliklarni yengsak, kelajagimiz mustahkam va barqaror bo'ladi.

Maykl Xayyatt
Insoniyat, Idrok, Mehnat, Muvaffaqiyat, Motivatsiya

Orzu qildim va ishondim. Rejalashtirdim va harakat qildim. Men buni uddaladim. Hammasi juda oddiy. Qalbingizga quloq soling. U siz o‘ylagandan ham ko‘prog'ini biladi. Unga ishoning va qalbingiz "jizillagan" ishni qiling.

Sergey Yastrebov
Insoniyat, Muvaffaqiyat, Motivatsiya

Qabul qilingan qaror sizni boshqa tanlovdan mahrum qilishidan qo‘rqasiz va bu irodangizni sindiradi. Bunday vaziyatda hayot sizga tayyorlab qo‘ygan eng yaxshi narsalarni qo‘ldan boy beryapsiz. Sababi - ichki olovning yo‘qligi.

Yevgeniy Vodolazkin
Insoniyat, Idrok, Motivatsiya

Shaxsiy qobiqdan chiqib, dunyoga nazar tashlash vaqti keldi. Hayot tarzingni o‘zgartirmasang, haqiqiy hayot yoningdan o‘tib ketadi.

Ayn Rend
Insoniyat, Hayot, Motivatsiya

Barcha o‘tib bo‘lmas devorlar oddiy va "tushunarli" g‘ishtlardan iborat.

Mark Menson
Mehnat, Motivatsiya

Kimdir bugun soyada dam olmoqda, chunki ku ko‘p yillar oldin daraxt ekkan.

Uorren Baffett
Insoniyat, Idrok, Mehnat, Motivatsiya

Bugun boshqalar istamagan ishni qil - ertaga boshqalar qila olmaydigan tarzda yashaysan.

Jared leto
Insoniyat, Idrok, Motivatsiya

Maqsad qo‘yish ko‘rinmas narsani ko‘rinadiganga aylantirish uchun birinchi qadamdir.

Toni Robbins
Insoniyat, Mehnat, Motivatsiya

Qat’iyatli bo‘lsam, har qanday to‘siqni yengib o‘taman.

Abay Kunanbayev
Motivatsiya, Insoniyat

Harakatni boshlash eng qiyini, qolgan hamma narsa faqat qat’iyatga bog‘liq.

Ameliya Erxart
Motivatsiya, Mehnat, Insoniyat

Inson aqli nimaiki tushunishga qodir bo‘lsa va nimaga ishonishga qodir bo‘lsa, hammasiga erishish mumkin.

Napoleon Xill
Motivatsiya, Insoniyat, Idrok

Haqiqiy chempion bo‘lish uchun hech kim ishonmay qo‘ygan paytda o‘zingga ishonishing kerak.

Shugar Rey Robinson
Motivatsiya, Insoniyat

O‘z oldimizga imkoniyatimizdan yuqori vazifalarni qo‘yishimiz kerak.

Boris Pasternak
Insoniyat, Idrok, Motivatsiya

Inson buyuk maqsad yo‘lida o'zini safarbar etsa, o‘z ishida ham shu darajaga oliy baxtga erishadi.

Buker Vashington
Insoniyat, Motivatsiya

Hayotda o‘z oldiga ma’lum bir maqsad qo‘yish kerak... Buning uchun kuchingiz yetadigan vazifalarni qo‘yish, sog‘lom fikrga ega bo‘lishingiz kerak.

Nikolay Ostrovskiy
Insoniyat, Idrok, Motivatsiya

Imkoniyatingiz bor, demak yutqazmaesiz.

Sergey Bubka
Insoniyat, Motivatsiya, Mehnat

Har qanday yutuq sinab ko‘rishdan boshlanadi.

Greys Xopper
Insoniyat, Motivatsiya

Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik o‘rtasidagi farq qobiliyat yoki noyob g‘oyada emas, balki o‘z g‘oyalariga ishonch bildirish, tavakkal qilish va harakat qilishdadir.

Andre Molro
Insoniyat, Idrok, Motivatsiya

Faqatgina xatti-harakatlar nimanidir o‘zgartiradi. Harakatsizlik esa bir joyda qotishdir.

Les Braun
Insoniyat, Motivatsiya

Muvaffaqiyatlilar muntazam ravishda omadsizlar qo‘rqadigan ishlarni qilishga odatlanadi.

Albert Grey
Insoniyat, Motivatsiya, Mehnat, Hayot

Maqsad qo‘yish - orzuni haqiqatga aylantirish yo‘lidagi birinchi qadam.

Toni Robbins
Insoniyat, Motivatsiya

Muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyatga iforini beruvchi ziravordir.

Trumen Kapote
Insoniyat, Hayot, Motivatsiya

Inson qo‘rquvni chetga surib, parvoz qilishi lozim. Shunda maqsadga erisha oladi.

Richard Brenson
Insoniyat, Motivatsiya

Insonga yashashga arziydigan maqsad bering va u har qanday vaziyatda omon qolishi mumkin.

Gyote
Insoniyat, Motivatsiya

Ildam bo'l! Agar sustkashlik qilsang - maqsadga erisha olmaysan. Sust odamning ishi o‘ngidan kelmaydi.

Shri Chinmoy
Idrok, Insoniyat, Motivatsiya

Manzilga yetmoq uchun, avvalo, yurish kerak.

Onore de Balzak
Insoniyat, Mehnat, Motivatsiya, Hayot

Yangi g'oyalarni sinab ko‘ring, hech qachon afsuslanmaysiz. Aslida qo‘lingizdan keladigan ishlarning chegarasi yo‘q.

Doktor Syuz
Baxt, Insoniyat, Motivatsiya, Hayot

Kurash bo‘lmasa, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.

Fredrik Duglas
Hayot, Insoniyat, Mehnat, Motivatsiya

Buyuklik cho‘qqilariga mashaqqatli yo‘l olib boradi.

Lutsiy Anney Seneka
Mehnat, Motivatsiya, Insoniyat

Muvaffaqiyatsizlikka uchramadim. Men shunchaki 10 000 ta ish bermaydigan usullarga to'qnash kelib qoldim.

Thomas Edison
Insoniyat, Motivatsiya

Har bir zarba meni keyingi raundga yaqinlashtiradi.

Beyb Rut
Ilm, Mehnat, Motivatsiya

Muvaffaqiyatni nishonlamoq yaxshi, ammo muvaffaqiyatsizliklardan saboq olish undan ham muhimroq.

Bill Geyts
Insoniyat, Jamiyat, Motivatsiya, Mehnat

Bizning eng katta shon-shuhratimiz hech qachon yiqilmaslikda emas, balki har safar yiqilganimizda o‘rnimizdan turishimizda.

Konfutsiy
Insoniyat, Motivatsiya, Jamiyat, Mehnat

Muvaffaqiyatsizlik - bu shunchaki yangidan boshlash imkoniyati, bu safar esa eski xatoni takrorlamang!

Genri Ford
Insoniyat, Motivatsiya, Ong, Jamiyat

Oyoqda mustahkam turganingizga ishonch hosil qiling, keyin esa o‘zingizni dadil tuting.

Avraam Linkoln
Insoniyat, Hayot, Motivatsiya

Agar siz katta ishlarni qila olmasangiz, kichik ishlarni keng ko‘lamda bajaring.

Napoleon Xill
Insoniyat, Motivatsiya, Mehnat

Yutuqlaringiz, qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qadrlang, ulardan foydalaning, lekin shu bilan cheklanib qolmang.

Mia Xem
Insoniyat, Mehnat, Motivatsiya

O‘z oldingizga yuksak maqsadlar qo‘ying va unga erishmaguningizcha to‘xtamang!

Bo Djekson
Insoniyat, Motivatsiya, Mehnat, Ilm, Ong

To‘g‘ri raqsga tushayotganingizni bilish uchun oyoqlaringizga qaramang. Zavqlanib raqsga tushing.

Enn Lamott
Insoniyat, Motivatsiya

Agar siz orzu qila olsangiz, demak buni qila olasiz.

Uolt Disney
Motivatsiya, Mehnat, Insoniyat, Jamiyat

Imkoniyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, siz uni yaratasiz.

Kris Gosser
Mehnat, Motivatsiya, Insoniyat

Ertalabki ijobiy fikr butun kuningizni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Dalay-lama
Motivatsiya, Insoniyat

Yolg‘iz o‘zimiz juda oz, birgalikda esa juda ko‘p ish qilishimiz mumkin.

Xelen Keller
Jamiyat, Insoniyat, Mehnat, Motivatsiya

Eng qiyini - harakat qilishga qaror qilish, qolgani - qat’iyat.

Ameliya Erxart
Insoniyat, Mehnat, Jamiyat, Motivatsiya

O‘zida yo‘q narsadan xafa bo‘lmay, o‘zida bor narsadan xursand bo‘lgan kishi donodir.

Epiktet
Insoniyat, Motivatsiya, Jamiyat

Muvaffaqiyatli inson - bu boshqalar unga tashlaydigan g‘ishtlardan mustahkam poydevor qura oladigan insondir.

Devid Brinkli
Insoniyat, Motivatsiya, Jamiyat

Muvaffaqiyatli odam o‘z xatolari ustida ishlaydi va yana urinib ko‘radi, lekin boshqacha yo‘l bilan.

Deyl Karnegi
Insoniyat, Motivatsiya, Mehnat, Jamiyat

Ayol o‘ziga o‘zi yaxshi do‘st bo‘lsa, hayot osonlashadi.

Diana fon Fyurstenberg
Insoniyat, Jamiyat, Motivatsiya

Ayollar o‘rganishi kerak bo‘lgan narsa shuki, sizga hech kim hokimiyat bermaydi. Siz uni o'zingiz olasiz.

Rozanna Barr
Motivatsiya, Mehnat, Insoniyat, Ong, Jamiyat

Biz shunchaki boshqa odamlarni kutib o‘tirmaymiz. Biz yaratamiz va amalga oshiramiz.

Arlan Gamilton
Mehnat, Insoniyat, Motivatsiya, Jamiyat

Biz doimgidan yaxshiroq bo‘lishga intilsak, atrofimizdagi hamma narsa ham yaxshilanadi.

Paulo Koelo
Motivatsiya, Insoniyat

O'z oldiga maqsad qo‘yish - bu muvaffaqiyatli kelajakning siri.

Toni Robbins
Insoniyat, Motivatsiya

Tajriba - qattiqqo‘l o‘qituvchi degani, chunki u avval sinovdan o'tkazadi, keyin esa saboq beradi.

Vernon Sanders Lou
Insoniyat, Motivatsiya

Muvaffaqiyatdan ko‘ra xatolardan ko‘proq saboq olinadi. Doim harakatda bo'ling! Muvaffaqiyatsizliklar insonnni toblaydi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Motivatsiya

Pessimist har bir imkoniyatda qiyinchiliklarni ko‘radi. Optimist har bir qiyinchilikda imkoniyat ko‘radi.

Uinston Cherchill
Insoniyat, Motivatsiya

Muvaffaqiyatga erishishning uchta yo‘li bor: birinchisi - mehrli bo‘lish. Ikkinchisi ham mehribon bo‘lish. Uchinchisi ham aynan shunday.

Mister Rodjers
Insoniyat, Motivatsiya

Muvaffaqiyatni muvaffaqiyatsizlik asosida rivojlantiring. Umidsizlik va muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyat sari qo‘yilgan eng ishonchli qadamlardir.

Deyl Karnegi
Insoniyat, Motivatsiya

Taqlid qilishda muvaffaqiyat qozonishdan ko‘ra, o'z kuchi bilan muvaffaqiyatsizlikka uchrash yaxshiroq.

German Velmill
Insoniyat, Motivatsiya

Muvaffaqiyat uzil-kesil emas, muvaffaqiyatsizlik ham to'xtab qolish emas: davom etish uchun jasorat muhim.

Uinston Cherchill
Insoniyat, Motivatsiya

Tavakkal qilsakkina, hayotimiz yaxshilanadi. Biz qilishimiz kerak bo‘lgan birinchi va eng qiyin tavakkal - bu halol bo‘lishdir.

Uolter Anderson
Insoniyat, Motivatsiya

Boshqalarga quvonch ulashsangiz, siz undan ham ziyoda quvonch olasiz. Insonlarga qanchalik baxt ulashayotganingizni tasavvur qilib ko'ring.

Eleonora Ruzvelt
Motivatsiya, Insoniyat, Jamiyat

Muvaffaqiyatingizni kamsitmoqchi bo‘lganlardan uzoqroq yuring. Aqlsizlar doimo shunday qilishadi, ammo aqllilar siz ham buyuk bo‘lishingiz mumkinligini his qilishingizga yordam berishadi.

Mark Tven
Insoniyat, Motivatsiya

Xuddi abadiy yashaydigandek o‘qi, xuddi ertaga o‘ladigandek yasha.

Maxatma Gandi
Motivatsiya

Birinchi qadamni qo‘ysangiz, hammasini eplay olishingizni tushunasiz.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Yashash - nafas olish degani emas, bu harakat qilish degani. Eng ko‘p yashagan umrini sanay oladigan odam emas, balki hayotni his qilgan odamdir.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Harakat qil - qo‘lingdan hamma ish keladi, faqat taslim bo‘lma.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Bu dunyoda hammani boshqarish mumkin.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Meni o‘zimdan boshqa hech kim hayron qoldirmaydi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Motivatsiya

Pochta markasiga qarang. Kerakli tomonini yopishtirsangizgina undan muvaffaqiyatli foydalana olasiz. Hayotdagi hamma ham xuddi shunday.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Har kim qoqiladi, ammo yo‘lni davom ettirgan yuksaklikka erishadi.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Muvaffaqiyatga erishish siri: imkoniyat paydo bo‘lishidan oldin unga tayyor turing!

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Tevarak-atrofingda ko‘rayotgan, mutlaqo hammasi qachonlardir senga o‘xshagan odamlar tomonidan o‘ylab topilgan va yaratilgan! Nima uchun qo'lingni qovushtirib o'tiribsan? Dangasalik qilma, olg‘a va faqat olg‘a harakat qil!

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Ishni boshlash uchun ilhomni kutish emas, balki chaqirish kerak. Harakat har doim ilhom uyg‘otadi. Ilhom kamdan-kam hollarda harakatni keltirib chiqaradi.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Agar aqlim tasavvur qila olsa, qalbim ham bunga ishonsa, men bunga albatta erisha olaman.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Muvaffaqiyat - har kuni takrorlanadigan kichik sa’y-harakatlar yig‘indisi.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Barcha yutuqlarning boshlang‘ich nuqtasi istakdir.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Faqat o‘zing uchun ishla.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Muvaffaqiyatning boshlang'ich kaliti - bu o‘z-o‘zini tarbiyalash.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Yetti marta yiqilsang, sakkiz marta tur.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Esingdan chiqarma, suyanadigan ikkinchi qo‘ling ham bor.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Muvaffaqiyatni o‘zing yarat.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Motivatsiya

Men shuni xohlayman. Demak, bo‘ladi.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

G‘alaba qozonish uchun siz bunga loyiq ekanligingizga ishonishingiz kerak.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Hayotingizni LEGO konstruktori deb tasavvur qiling, uni bo‘laklarga bo‘lib yig‘ing.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Agar muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, o‘zingizni muvaffaqiyatga erishgandek ko‘rsatishingiz kerak.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Har qanday qulash bizni yangi parvozlarga tayyorlaydi.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Mag‘lubiyat - bu muvaffaqiyatni o‘rganish uchun to‘lov, xolos.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Qo‘lingdan keladigan ishni qilma - qo‘lingdan kelmaydigan ishni qil!

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Vaqt qancha davolamasin, sen kuchliroq bo‘lib boraverasan.

Noma'lum muallif
Motivatsiya, Insoniyat

Uchta holatda tez o‘rganasiz - 7 yoshgacha, treninglarda va hayot sizni burchakka siqib qo‘yganida.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Aksariyat odamlar mag‘lubiyatga uchraydi, chunki ular qo‘llarini pastga tushirganlarida muvaffaqiyatga qanchalik yaqin qolganini bilmaydilar.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Motivatsiya

Yo‘l qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan eng katta aybimiz - xato qilishdan doimiy qo‘rqishdir.

Noma'lum muallif
Hayot, Insoniyat, Motivatsiya

Faqat o‘z ustunligingizga tayaning.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Muvaffaqiyatga erishishni xohlaysizmi?Tafakkuringizni o‘zgartiring va bularning barchasi shunchaki sarob ekanligini ko‘rasiz.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Uydan chiqing! Sizni sarguzashtlar kutmoqda.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Vaqt yo‘qligi haqida gapirmang. Mikelanjelo, Leonardo da Vinchi, Tomas Jefferson, Paster, Xelen Keller, Albert Eynshteynda qancha vaqt bo‘lgan bo‘lsa, sizda ham shuncha imkoniyat bor.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Muvaffaqiyatning mezoni - qilayotgan ishingizni qila oladigan ishingiz bilan taqqoslashdir.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Harakatsiz katta rejadan ko‘ra, kichik ish afzal.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Muvaffaqiyat - kuchlilarning yutug'i.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Agar siz o‘rtamiyona odamlar qilgan ishni qilsangiz, ular kabi insonga aylanib, yuqori natijaga erisha ololmaysiz.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Motivatsiya

Yolg‘iz qolishdan qo‘rqma, hech nimadan qolishdan qo‘rq.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Maqsadga erishib bo‘lmaydigandek tuyulsa - maqsadni o‘zgartirmang - harakat rejangizni o‘zgartiring.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Ishlamasangiz, orzular ham ushalmaydi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Motivatsiya

Muvaffaqiyat yo‘li har doim yuqoriga ko‘tarilish bo‘lib, unga ko‘tarilish uchun kuch sarflash kerak.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Boshqalarga emas, aynan o‘zingizga yoqadigan ishni qiling.

Noma'lum muallif
Motivatsiya

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.