Mark Tven

Mark Tvenning mashhur iboralari

Hayotingdagi eng muhim ikki kun bor: dunyoga kelgan kuning va hayotingning maqsadini anglagan kuning.

Mark Tven
Ong

Baxtni quvib yurish shart emas, uning yo‘lida bo‘lishning o‘zi kifoya.

Mark Tven
Insoniyat

Shunday yashaginki, odamlar siz bilan uchrashganda tabassum qilsin, siz bilan suhbatlashganida esa o‘zlarini ozgina bo‘lsa-da baxtliroq his etsin.

Mark Tven
Insoniyat

Maktabdagi mashg‘ulotlarim ta’limimga xalal berishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaganman.

Mark Tven
Ilm

Haqiqiy do‘st sen nohaq paytingda ham yoningda turadi. Sen haq bo‘lganingda esa, har kim sen bilan birga bo‘ladi.

Mark Tven
Do'stlik

Haqiqiy do‘st sen nohaq bo‘lganingda ham yoningda turadi. Sen haq bo‘lganingda esa, har kim sen bilan bo‘ladi.

Mark Tven
Do'stlik

Muvaffaqiyatingizni kamsitmoqchi bo‘lganlardan uzoqroq yuring. Aqlsizlar doimo shunday qilishadi, ammo aqllilar siz ham buyuk bo‘lishingiz mumkinligini his qilishingizga yordam berishadi.

Mark Tven
Insoniyat, Motivatsiya

Maktabdagi ta’lim,hayotdagi ta’limimga xalaqit bermasligini angladim.

Mark Tven
Hayot, Insoniyat

Hayotdagi eng muhim ikki kun - bu tug‘ilgan kun va nima uchun tug‘ilganni anglash.

Mark Tven
Insoniyat, Ong, Idrok

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.