Hayotingizdagi muhim ikki kun: tug‘ilgan kuningiz va buning sababini tushungan kuningiz.
Mark Tvenning boshqa so'zlari
Haqiqiy do‘st sen nohaq paytingda ham yoningda turadi. Sen haq bo‘lganingda esa, har kim sen bilan birga bo‘ladi.
Maktabdagi mashg‘ulotlarim ta’limimga xalal berishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaganman.
Sog‘liqni saqlashning yagona yo‘li - istamaganni yeyish, yoqtirmaganni ichish va xushlamagan ishni qilishdir.
Yaxshi do‘stlar, qalbni boyituvchi kitoblar va pok vijdon — haqiqiy baxt manbai.
Shunday yashaginki, odamlar sen bilan yuzma-yuz kelganda tabassum qilsin, har bir so‘zing esa ularni oz bo'lsa ham baxtli qilsin.
Boshqa aforizmlar
Biz ishni boshlash uchun ilhomni kutishimiz emas, balki chaqirishimiz kerak. Harakat har doim ilhom uyg‘otadi. Ilhom kamdan-kam hollarda harakatni keltirib chiqaradi.
Muhabbat bilan uchrashganda hamma shoirga aylanadi.
Kuz - yolg‘iz odamlar tamaki tutuni bilan muzlagan yuraklarini isitadigan payt.
O‘zingiz yoqtirgan kasbni tanlang - shunda hayotingizda bir kun ham majburiyat yuzasidan ishlaganingizni his qilmaysiz.
Shukronalik - bu ruhiy ko‘tarinkilik. Noshukurlik esa qalb yarasi.
Vaqtingiz cheklangan, uni boshqalarning hayotiga sarfalab o‘tkazib yubormang.