Dunyo

Sayohat qilgan odamgina yangi yo‘llar ochadi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Umr kechirib, sayohat qilib yur, hech nimadan afsuslanma va taqdirga shukrona ayt.

Jek Keruak
Insoniyat, Hayot, Taqdir, Sayohat, Dunyo

Dunyoga qara. U tushdan ham ajoyibroq.

Rey Bredberi
Sayohat, Dunyo

42 / 1000

O‘rganayotganlar uchun sayohat qilish zarur.

Mark Tven
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Sayohat paytida yo‘ldan adashish yoqimsiz, ammo yo‘lda davom etishning ma’nosini yo‘qotish undan ham yomon.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Orzuingizdagi sayohat bugundan boshlanadi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Men butun umrimni har kuni yangi shaharda sayr qilib o‘tkazishim mumkin edi.

Bill Brayson
Insoniyat, Hayot, Dunyo, Sayohat

Uning uchun hayotda faqat ikki sevimli lahza qoldi: katta shaharga yaqinlashayotgan va uni tark etayotgan damlar.

Piter Xeg
Insoniyat, Dunyo, Sayohat, Quvonch

Begona shaharga erta tongda kelish. Poyezddami, samolyotdami - baribir. Kun xuddi toza qog‘ozdan boshlanayotgandek...

Sergey Lukyanenko
Insoniyat, Dunyo, Sayohat, Hayot

Poyezdlar juda ajoyib, men ularni hamon yaxshi ko‘raman. Poyezdda sayohat qilish - bu tabiatni, odamlarni, shahar va cherkovlarni, daryolarni ko‘rish, aslida bu hayot bo‘ylab sayohatdir.

Agati Kristi
Insoniyat, Motivatsiya, Sayohat, Dunyo

Sayohat aqlni rivojlantiradi, agar u sizda bo‘lsa, albatta.

Gilbert Kit Chesteron
Insoniyat, Idrok, Sayohat, Dunyo

To‘satdan paydo bo‘ladigan impulslarga ergashsangiz, sayohat qilish va yashash ancha qiziqarli bo‘ladi.

Bill Brayson
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Faqat yaxshi ko‘rgan kishilaring bilan sayohat qil.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Sayohatga tayyorgarlik ko‘rayotganda, barcha kiyimlaringizni va barcha pullaringizni qo‘ying. Shundan so‘ng kiyimning yarmini va ikki barobar ko‘p pul oling.

Suzan Xeller
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Sayohatning oliy maqsadi begona mamlakatni ko‘rish emas, balki o‘z mamlakatini begona mamlakat sifatida ko‘rishdir.

Gilbert Kit Chesteron
Dunyo, Sayohat, Insoniyat

Agar odam sayohatda o‘zgarmay qolsa, bu yaxshi sayohat emas.

Ernst Simon Blox
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Sayohat qilishning o‘ziga xos afzalliklari bor. Agar sayohatchi eng yaxshi mamlakatlarga tashrif buyursa, u o‘z mamlakatini qanday yaxshilashni o‘rganishi mumkin. Agar taqdir uni eng yomon mamlakatlarga olib borsa, u o‘z mamlakatini sevishni o‘rganadi.

Samoyuel Jonson
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Har bir sayohatning o‘zi bilmagan sirli maqsadi bor, bu haqda sayohatchining o‘zida hech qanday tasavvur yo‘q.

Martin Buber
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Dunyo kitobdir, sayohat qilmagan kishi uning bitta sahifasini o‘qiydi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Dunyo, Sayohat

Faqat o‘zingga teng yoki o‘zingdan afzal kishilar bilan safar qil. Agar bundaylar bo‘lmasa, yolg‘iz sayohat qil.

Dxamalada
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Qancha o‘qiganingni aytma, qancha sayohat qilganingni ayt.

Muhammad
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Sayohatni odamlar yaratmaydi - sayohat odamlarni yaratadi.

Jon Steynbek
Insoniyat, Dunyo, Sayohat

Sayohat qilishning foydasi shundaki, u tasavvuringizni voqelikka moslashtirishga imkon beradi. Shuningdek, hamma narsa qanday bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylash o‘rniga, barcha narsani bor holida ko‘rish imkoniyatini yaratadi.

Samoyuel Jonson
Dunyo, Sayohat, Insoniyat

Sayohatchi ko‘rganini ko‘radi, sayyoh ko‘rishni istaganini ko‘radi.

Gilbert Kit Chesteron
Insoniyat, Dunyo, Sayohat

Sayyoh biror joyga kelishi bilan darhol orqaga qaytishni xohlay boshlaydi. Sayohatchi esa... U qaytib kelmasligi ham mumkin...

Pol Boulz
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Sayohat qilish - bu boshqalarning boshqa mamlakatlar haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarini fosh qilish demakdir.

Oldos Xaksli
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

U yoki bu shaharga bo‘lgan muhabbat shaharning o‘ziga emas, balki unda boshdan kechirilgan his-tuyg‘ularga bog‘liq.

Marlen Ditrix
Insoniyat, Sayohat, Dunyo

Sayohat ham xuddi nikoh kabidir. Asosiy yanglishish - bularni nazorat qila olaman deb o‘ylashdir.

Jon Steynbek
Insoniyat, Oila, Jamiyat, Dunyo, Sayohat, Hayot

Endi tushundimki, odamni yoqtirishing yoki yoqtirmasligingni bilishning eng to‘g‘ri yo‘li u bilan sayohat qilish ekan.

Mark Tven
Insoniyat, Baxt, Sayohat, Baxtsizlik, Dunyo

Sayohatlar biz ko‘rmoqchi bo‘lgan narsalarga qiziqishimizni emas, balki tark etayotgan narsamizdan charchaganimizni ko‘rsatadi.

Alfons Karr
Insoniyat, Hayot, Sayohat, Dunyo

Yashash majburiy emas. Sayohat qilish esa zaruriyatdir.

Uilyam Berrouz
Insoniyat, Hayot, Sayohat, Dunyo

Sayohat, eng buyuk va jiddiy fan sifatida, bizga o‘z-o‘zimizni qaytadan anglashda yordam beradi.

Alber Kamyu
Dunyo, Sayohat, Insoniyat

Men qayergadir kelish uchun emas, bormoq uchun sayohat qilaman. Asosiysi - harakat.

Robert Lyuis Stivenson
Dunyo, Sayohat

Sayohat paytidagi hayot - bu sof ko‘rinishdagi orzu.

Agati Kristi
Dunyo, Sayohat, Quvonch

Sayohat - sarflagan pulingiz evaziga sizni qalban boy qiladigan tuyg'u.

Noma'lum muallif
Motivatsiya, Dunyo, Sayohat, Insoniyat

Oxirida qayerga borishing emas, balki bu yo‘lda seni qanday sarguzashtlar kutib olishi muhim.

Penelopa Rayli
Insoniyat, Hayot, Sayohat, Dunyo

Biz go‘zallikni topish uchun dunyo bo‘ylab sayohat qilamiz; uni o‘zimizda saqlamasak, u bizga o‘zini namoyon etmaydi.

Ralf Uoldo Emerson
Go'zallik, Dunyo, Sayohat, Motivatsiya

Sayohat qilgan odamgina yangi yo‘llarni ochadi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Quvonch, Dunyo, Sayohat, Motivatsiya

Kuzatish qobiliyatiga ega bo‘lmagan sayyohni qanotsiz qushga o‘xshatish mumkin.

Mosli Eddin Saatan
Insoniyat, Dunyo, Sayohat

Boshingizni eski, tanish yostiqqa qo‘ymaguncha, sayohatning qanchalik ajoyib ekanligini tushunib yetish qiyin.

Lin Yutan
Insoniyat, Quvonch, Dunyo, Sayohat, Motivatsiya

Xurofot, toqatsizlik va tor fikrlilik sayohatlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.

Mark Tven
Dunyo, Sayohat, Hayot

Odamlar sayohatlarni yaratmaydi, aksincha, sayohatlar insonlarni kashf etadi.

Jon Steynbek
Insoniyat, Dunyo, Sayohat

Biz hayotdan qochish uchun emas, balki hayot bizni tark etmasligi uchun sayohat qilamiz.

Noma'lum muallif
Sayohat, Dunyo

Insonlar o‘zlarini faqat sarguzashtlar orqali topishi va anglashi mumkin.

Andre Gayd
Dunyo, Insoniyat, Hayot, Motivatsiya, Sayohat, Idrok

Yevropada ko‘plab insonlar bilan uchrashganman. Hattoki o‘zimni ham tanib olishga muvaffaq bo‘ldim.

Jeyms Bolduin
Insoniyat, Hayot, Motivatsiya, Quvonch, Dunyo, Sayohat

Uzoq va tez sayohat qilishni istaysizmi? Yengil yuring. Hasad, toqatsizlik, xudbinlik va qo‘rquvlardan xalos bo‘ling.

Chezar Paveze
Motivatsiya, Quvonch, Dunyo, Sayohat

Dunyo bir kitobdir, va sayohat qilmaganlar faqat uning birinchi sahifasini o‘qishga ulguradilar.

Noma'lum muallif
Dunyo, Sayohat

Sayohat qilish - boshqa mamlakatlar haqidagi barcha tasavvurlarimiz noto‘g‘ri ekanligini anglatadi.

Noma'lum muallif
Dunyo, Sayohat

Sayohat qilish - bu yashash demakdir.

Xans Kristian Andersen
Motivatsiya, Quvonch, Sayohat, Dunyo

Yo‘ldagi chuqurlar haqida o‘ylashni bas qiling, sarguzashtdan zavqlaning.

Noma'lum muallif
Sayohat, Dunyo

Maqsad - biror joy emas, balki dunyoni boshqacha ko‘ra olish qobiliyatidir.

Genri Miller
Dunyo, Sayohat, Quvonch

Haqiqiy sayohatchi ma’lum bir joyga borish uchun aniq reja va maqsad tutmaydi.

Lao-szi
Hayot, Motivatsiya, Dunyo, Sayohat, Quvonch

Sayohat qilish - bu rivojlanish demakdir.

Per Bernando
Insoniyat, Hayot, Motivatsiya, Dunyo, Sayohat, Quvonch

Bunda qandaydir sehrli narsa bor: bir inson bo‘lib ketib, butunlay boshqa inson bo‘lib qaytasan.

Keyt Duglas Uiggen
Insoniyat, Dunyo, Quvonch

Hech qachon dengizlardan, chegaralardan, mamlakatlardan va fikrlardan uzoqlashishdan qo‘rqmang.

Amin Maaluf
Insoniyat, Dunyo

Sayohatlar seni gapira olmaydigan qilib qo‘yadi, keyin esa eng zo‘r hikoyachiga aylantiradi.

Ibn Battuta
Insoniyat, Hayot, Quvonch, Dunyo, Motivatsiya

Sayohatga sarmoya kiritish o‘zingizga olam-olam baxt keltirishdir.

Metyu Karsten
Insoniyat, Baxt, Quvonch, Dunyo, Motivatsiya

Dunyoga qara. U tushdan ham ajoyib.

Rey Bredberri
Insoniyat, Dunyo, Baxt

Hech nima sayohat kabi aqlni rivojlantirmaydi.

Emil Zolya
Dunyo, Insoniyat

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.