Ong

Inson hayotning ma’nosini ko‘rish uchun orzu qilishi kerak.

Volter
Insoniyat, Jamiyat, Hayot, Idrok, Ong

Hayotdagi eng muhim ikki kun - bu tug‘ilgan kun va nima uchun tug‘ilganni anglash.

Mark Tven
Insoniyat, Ong, Idrok

Muvaffaqiyatsizlik - bu shunchaki yangidan boshlash imkoniyati, bu safar esa eski xatoni takrorlamang!

Genri Ford
Insoniyat, Motivatsiya, Ong, Jamiyat

O‘z oldingizga yuksak maqsadlar qo‘ying va unga erishmaguningizcha to‘xtamang!

Bo Djekson
Insoniyat, Motivatsiya, Mehnat, Ilm, Ong

Senga g‘alaba qozona olmasligingni aytishi mumkin bo‘lgan yagona odam - bu o‘zingsan va buni eshitishing shart emas.

Djessika Ennis
Insoniyat, Ong

Daryo shoshadigan joy yo‘qligini bilib, oqishda davom etaveradi. Biz ham qachondir u yerga yetib boramiz.

Alan Aleksandr Miln
Insoniyat, Ong

Agar nimadir mavjud bo‘lishi kerak deb hisoblasangiz, undan o‘zingiz foydalanmoqchi bo‘lsangiz, bu borada sizga hech kim xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymang.

Tobias Lyutke
Insoniyat, Ong

Baxtsiz yoki baxtli bo'lish o'z qo'lingizda.

Ueyn Dayer
Insoniyat, Jamiyat, Ong

Siz dalani xayolan tasavvur qilib shudgorlay olmaysiz. Bajarish uchun harakat qiling.

Gordon Bitner Xinkli
Insoniyat, Ong, Mehnat

Boshqalarning siz haqingizdagi fikri haqiqatingizga aylanishiga yo‘l qo‘ymang.

Les Braun
Insoniyat, Ong, Jamiyat

Ta’lim dunyoni o‘zgartirish uchun ishlatishingiz mumkin bo‘lgan eng kuchli quroldir.

Nelson Mandela
Insoniyat, Ilm, Ong, Jamiyat

Ayollar o‘rganishi kerak bo‘lgan narsa shuki, sizga hech kim hokimiyat bermaydi. Siz uni o'zingiz olasiz.

Rozanna Barr
Motivatsiya, Mehnat, Insoniyat, Ong, Jamiyat

Qirolichadek o‘yla. Qirolicha muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaydi. Omadsizlik buyuklik sari qo‘yilgan yana bir qadamdir.

Opra Uinfri
Mehnat, Ong, Insoniyat, Jamiyat

Kechagi kun bugungi kunda qaraganda juda ko‘p vaqt egallashiga yo‘l qo‘ymang!

Uill Rodjers
Insoniyat, Ong

Ilhom faqat ish jarayonida keladi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Ong

Odamlar siz aytgan gaplarni, qilgan ishlaringizni unutadi, lekin siz haqingizda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otganingizni hech qachon unutmaydi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Ong

Harakat intellektning real o‘lchovidir.

Noma'lum muallif
Ong, Insoniyat

Odamlarni muhokama qilishni boshlasangiz, ularni sevishga vaqtingiz qolmaydi.

Mat Tereza
Insoniyat, Ong

Hech narsa o‘qimaydigan kishi, faqat gazeta o‘qiydigan odamdan ko‘ra bilimdonroqdir.

Tomas Djefferson
Ong

Buyuk ishlarni bajarish kerak, mulohaza qilish kerak emas.

Yuliy Sezar
Ong

Bir kun kelib yaxshi bir ish yaratmoqchi bo‘lsang, shuni yodingda tut - o‘sha ajoyib kun aynan bugundir.

Stiven Spilberg
Ong

Biror kishiga o‘z fikringizni bildirmasdan avval, u buni qabul qila olish, olmasligini o‘ylab ko‘ring.

Ya. Sunetom
Ong

Hayotimizdagi o‘zgarishlar o‘z tanlovlarimiz va qarorlarimizning natijasidir.

Sharl Oznavur
Ong

Hayot qora va oq yo‘llardan iborat zebra emas, balki shaxmat taxtasi kabidir. Bu o‘yinda har narsa sening yurishingga bog‘liq bo‘ladi.

Xaruki Murakami
Ong

Men hech narsadan afsuslanmayman - bu bema’ni tuyulsa ham.

Elchin Safarli
Ong

Uyqusizlik muammo emas. Muammo shundaki, ertalab nima uchun uyg‘onishingizni bilmaysiz.

Albert Eynshteyn
Ong

Ongingizda ko‘rayotgan manzara vaqt o‘tishi bilan hayotingizga aylanib boradi.

Artur Shopengauer
Ong

Pessimist har bir imkoniyatda qiyinchilik ko‘radi; optimist esa har bir qiyinchilikda imkoniyat topadi.

Uinston Cherchill
Ong

Tinglay olsang, hatto yomon so‘zlovchilardan ham foyda topasan.

Plutarx
Ong

Tana ko‘p narsaga chidash beradi. Shunchaki ongingizni bunga ishontirishingiz kerak, xolos.

Endryu Merfi
Ong

Vaqtni behudaga sarflash ham mumkin, yaxshi yashashga ham. Faqat oldinga yurish kerak!

Fredrik Bakman
Ong

Hayotni anglamoqchi bo‘lsang, aytilayotgan va yozilayotgan gaplarga ishonishni bas qil, balki kuzat va his qil.

Anton Chexov
Ong

Hayot - bu yo‘l. Kimdadir bu non do‘koniga borish va qaytish yo‘li, kimgadir - dunyo bo‘ylab sayohat.

Konstantin Xabenskiy
Ong

Mantiq sizni A nuqtadan B nuqtaga, tasavvur esa istalgan joyga olib borishi mumkin.

Albert Eynshteyn
Ong

Muvaffaqiyat shoti-narvoniga tirmashishdan oldin, u sizga kerak bo‘lgan binoning devoriga suyanganiga ishonch hosil qiling.

Stiven Kovi
Ong

Dunyoni tafakkur boshqarayotganini ko‘rganlar buyukdir.

Ralf Emirson
Ong

Yo qadri bor narsa yozing, yo yozishga arzigulik biror ish qil.

Benjamin Franklin
Ong

Hozir turgan joyingizdan boshlang. Qo‘lingizdagi bor narsadan foydalaning va qo‘lingizdan kelgan barcha ishni qiling.

Artur Esh
Ong

Yaxshi natijaga ishonch hosil qilish, a’lo natijaga umid qilishdan afzalroqdir.

Uorren Baffet
Ong

Hayotingdagi eng muhim ikki kun bor: dunyoga kelgan kuning va hayotingning maqsadini anglagan kuning.

Mark Tven
Ong

Har doim shubha uyg‘otadigan narsadan boshlash kerak.

Boris Strugatskiy
Ong

Hayotni yashashdan ko‘ra ko‘proq sevish kerak.

Fedor Dostoyevskiy
Ong

Hayotda yuz bergan voqealar soni emas, balki ulardan chiqarilgan xulosalar tajribani belgilaydi.

Igin Ilya
Ong

Fikrlash qobiliyati insoniyatga berilgan in’omdir. Axloqiy fikrlash qobiliyati esa uning qadr-qimmatidir.

Igin Ilya
Ong

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.