Go‘zallikning aqli yo‘q. U ko‘r, aqlsiz, xunuk...
Boshqa aforizmlar
Masofa saqlash, odamlarga sen bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish, nimani qabul qilishing yoki qilmasligingni hal qilish uchun yetarlicha o‘zingni sev.
Doimiy mehnat san’atning ham, hayotning ham qonunidir.
Hayot qora va oq yo‘llardan iborat zebra emas, balki shaxmat taxtasi kabidir. Bu o‘yinda har narsa sening yurishingga bog‘liq bo‘ladi.
Pul juda muhim vosita. Ayniqsa, pul bo‘lmaganda.
Mehmonxona yaxshi yoki yomon, arzon yoki qimmat bo‘lishi ahamiyatsiz. Xonaga kirasiz-u, bir martalik sovun, bir martalik stakanchalarni ko‘rasiz va o‘zingizning ham bu yerda bir martalik ekaningizni anglaysiz. Ko‘pi bilan ikki martalik.
Sevgan odam o‘zi sevgan kishining taqdirini baham ko‘rishi lozim.