Qirolichadek o‘yla. Qirolicha muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaydi. Omadsizlik buyuklik sari qo‘yilgan yana bir qadamdir.
Opra Uinfrining boshqa so'zlari
Sizni nima yoritishini bilib oling. So‘ngra bu nurdan foydalanib, dunyoni yoritishga harakat qiling.
Siz hayotingiz uchun javobgarsiz.
Har bir kishiga kerak bo‘lgan yagona jasorat - bu o‘z orzulari ortidan ergashish yo'li.
Imkon boricha, mehringizni boshqalarga ham ulashing.
Qolgan umringizni kim bilandir o‘tkazmoqchi ekanligingizni tushunganingizda, qolgan umringiz iloji boricha tezroq boshlanishini xohlaysiz.
Boshqa aforizmlar
Agar siz o‘rtamiyona odamlar qilgan ishni qilsangiz, ular kabi insonga aylanib, yuqori natijaga erisha ololmaysiz.
Hech qachon muvaffaqiyat boshingizni aylantirishiga, omadsizlik esa yuragingizni sindirishiga yo‘l qo‘ymang.
Orzular har doim biz kutganimizdan boshqacha amalga oshadi.
O‘zgarishsiz taraqqiyot bo‘lmaydi va o‘z fikrini o‘zgartira olmaydiganlar hech narsani o‘zgartira olmaydi.
Keng ko‘lamli fikrlaringizni iloji boricha tezroq amalga oshiring. Yolg‘on bahonalar sizni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymang. Bahonalar - qo‘rquv alomati.
Odamlar pul topish uchun ishlaydilar. Pul erkinlikka erishish vositasidir. Agar zavq bilan topilgan pul hayotni taassurotlarga to‘ldirish va bilimga bo‘lgan ishtiyoqni qondirish imkonini bersa, hayot muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘ladi. Agar sen yaxshi kunni ko‘rmaydigan darajada ishlasang, nega mehnat qilasan?