Shunday yashaginki, odamlar sen bilan yuzma-yuz kelganda tabassum qilsin, har bir so‘zing esa ularni oz bo'lsa ham baxtli qilsin.
Mark Tvenning boshqa so'zlari
Haqiqiy do‘st sen nohaq paytingda ham yoningda turadi. Sen haq bo‘lganingda esa, har kim sen bilan birga bo‘ladi.
Hayotdagi eng muhim ikki kun - bu tug‘ilgan kun va nima uchun tug‘ilganni anglash.
Muvaffaqiyatingizni kamsitmoqchi bo‘lganlardan uzoqroq yuring. Aqlsizlar doimo shunday qilishadi, ammo aqllilar siz ham buyuk bo‘lishingiz mumkinligini his qilishingizga yordam berishadi.
Men yo‘q bo‘lib ketishdan qo‘rqmayman. Tug‘ilishimdan oldin milliardlab yillar davomida mavjud bo‘lmaganman va bundan sira aziyat chekmagan edim.
Sog‘liqni saqlashning yagona yo‘li - istamaganni yeyish, yoqtirmaganni ichish va xushlamagan ishni qilishdir.
Boshqa aforizmlar
Hayot xuddi ertakka o‘xshaydi: biz turli syujetlarga duch kelamiz, vazifamiz esa ularni qiziqarli va mazmunli qilishdir.
Faqat xotiralarni o‘zing bilan olib ket, ortingda esa faqat izlar qoldir.
Hayotdagi eng katta g‘alaba - bu salbiy fikrlash ustidan g‘alaba qozonishdir.
Ilm - tartibga solingan bilimlar, donishmandlik esa - tartibga solingan hayotdir.
His-tuyg‘ularimiz tarixiy rivojlanishi fe’l-atvorimizni shakllantirib, taqdirimizni belgilaydi.
Behuda sarflangan muhabbat haqida so‘zlama! Muhabbat hech qachon zoye ketmaydi; agar u boshqa insonning qalbini boyitmagan bo‘lsa ham, uning suvlari xuddi yomg‘ir kabi o‘z manbasiga qaytib, uni yangilik va salqinlik bilan to‘ldiradi.