Ta'lim

Biz kimlardan o‘rgansak, ularni ustozlarimiz deb ataymiz, lekin bizga ta’lim beradiganlarning barchasi ham bu nomga munosib emas.

Gyote
Jamiyat, Ta'lim

Chinakam o‘quvchi ma’lum bilimlar yordamida noma’lum jihatlarni o‘rganishga intiladi va shu orqali o‘qituvchisiga tobora yaqinlashib boradi.

Gyote
Ta'lim

Kim shogirdlik qilmagan bo‘lsa, u hech qachon ustoz bo‘lolmaydi.

Boetsiy
Ta'lim

Shirinliklar, pechene va konfetlar bilan bolalardan sog‘lom insonlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Jismoniy ozuqa kabi, ma’naviy ozuqa ham oddiy va to‘yimli bo‘lishi lozim.

Robert Shuman
Ta'lim, Insoniyat, Tarbiya

Ota-onalarning birinchi muammosi - farzandlariga madaniyatli jamiyatda o‘zlarini qanday tutishni o‘rgatish; ikkinchisi esa - o‘sha madaniyatli jamiyatni topish.

Robert Orben
Insoniyat, Ta'lim

Tarbiyalash - hayotga tayyorlash deganidir...

Dmítriy Ivánovich Písarev
Ta'lim

Bolalar ko‘pincha kattalardan aqlliroq va har doim samimiy bo‘ladi.

Maksim Gorkiy
Ta'lim

O‘rtamiyona o‘qituvchi ma’ruza qiladi. Yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi. Ajoyib o‘qituvchi namoyish etadi. Buyuk ustoz ilhom beradi.

Uilyam Artur Uord
Ta'lim, Ilm

Ta’limning inson uchun eng buyuk ne’mat ekanligini isbotlashga hojat yo‘q. Ta’limsiz odamlar qo‘pol, qashshoq va baxtsiz bo‘ladilar.

Nikoláy Gavrílovich Chernishevskiy
Ta'lim

Ta’lim - aqlning ko‘zgusi.

Key-Kavus
Ta'lim

Bolalarga o‘rgatiladigan fanlar ularning yoshiga mos kelishi lozim, aks holda ularda aqlparastlik, modaparastlik va shuhratparastlik rivojlanib qolishi xavfi mavjud.

Immanuil Kant
Ta'lim

Qarshi chiqishga moyil va ko‘p vaysaydigan kishi zarur bo‘lgan bilimni o‘rganishga qodir emas.

Demokrit
Ta'lim, Insoniyat

O‘ylamasdan o‘qish bekorchilik, lekin o‘qimasdan o‘ylash ham xatodir.

Konfutsiy
Ta'lim

Maktab bizni mavjud bo‘lmagan dunyoda yashashga tayyorlamoqda.

Alber Kamyu
Ta'lim

O‘quvchi o‘qituvchini namuna sifatida ko‘rsa-yu, raqib deb bilmasa, hech qachon undan o‘zib keta olmaydi.

Vissarion Grigorevich Belinskiy
Ta'lim

Tarbiya va ta’lim bir-biri bilan bog'liq. Bilim bermasdan tarbiyalash mumkin emas, har qanday bilim esa tarbiya bilan boshlanadi.

Lev Tolstoy
Tarbiya, Ta'lim

Ta’lim o‘z-o‘zidan maqsad bo‘la olmaydi.

Xans Georg Gadamer
Ta'lim

Ta’limning oliy maqsadi faqatgina bilim emas, balki eng avvalo amaliy harakatdir.

N.I. Miron
Ta'lim

Haqiqiy o‘qituvchi seni doimo tarbiyalab turuvchi emas, balki o‘zligingni topishingga ko‘maklashuvchi insondir.

Mixail Arkadevich Svetlov
Tarbiya, Ta'lim

Sifatli ta’limning belgisi - qiyin mavzularni oddiy so‘zlar bilan tushuntira olishdir.

Ralf Uoldo Emerson
Ta'lim

Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun o‘rgatayotgan fanni sevishi va o‘quvchilarni ham yaxshi ko'rishi kerak.

Vasiliy Klyuchevskiy
Ta'lim

Pedagog - bu yangi avlodga asrlar davomida to‘plangan barcha qimmatli boyliklarni yetkazishi, ammo xurofot, illat va kasalliklardan uzoq bo'lishi lozim.

Anatoliy Vasilevich Lunacharskiy
Ta'lim

O‘qituvchi o‘rgatuvchi emas, o‘rganuvchi.

Anatoliy Mixaylovich Kashpirovskiy
Ta'lim

Faqat ta’lim muassasasida bilim olgan bola, aslida ta’lim olmagan boladir.

Jorj Santayana
Ta'lim

O‘qituvchi o‘quvchilarning xotirasiga emas, balki aqliga murojaat qilishi, faqatgina yodlashga emas, balki tushunishga erishishga intilishi lozim.

Fedor Ivanovich Yankovich de Mariyevo
Ta'lim

Faqat sevgan ilmimngizni o‘rganishingiz mumkin.

Gyote
Ta'lim

Biz bolalarimizga o‘rgatayotgan saboqqa o‘zimiz ishonishimiz kerak.

Vudro Vilson
Ta'lim

Afsuski, biz hayot uchun emas, balki maktab uchun o‘qiymiz.

Seneka
Ta'lim

Bolalarga katta bo‘lganlarida kerak bo‘ladigan faoliyatni o‘rgatish kerak.

Aristipp
Ta'lim

Oz bilishingni anglamoq uchun ko‘p o‘qishing kerak.

Mishel de Monten
Ta'lim

Bolani o‘rgatish uchun ham katta odam, ham go‘dak bo‘lish lozim.

Vladimir Fedorovich Odoyevskiy
Ta'lim

Avval biz bolalarimizga ta’lim beramiz. So‘ngra o‘zimiz ulardan o‘rganamiz. Kim buni xohlamasa, u o‘z zamonidan ortda qoladi.

Yan Raynis
Ta'lim

Ta’limning yagona maqsadi insonning yo‘qolgan tabiatini topishdir.

Men-szi
Ta'lim

Qiyin fanning o'zi yo‘q, ammo biz shunchaki bilmaydiganlar behisob, undan-da ko‘proq yomoni, uzuq-yuluq, hatto noto‘g‘ri o‘zlashtirilgan bilimlar mavjudligi. Mana shu noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘proq to‘xtatib qo‘yadi va adashtiradi.

Aleksandr Ivanovich Gersen
Ta'lim

Ishim qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik ko‘p o‘rganaman.

Maykl Faradey
Ta'lim

Tartib aniq tushunishga yordam beradi.

Sitseron
Ta'lim

Majburiy ta’lim mustahkam bo‘lolmaydi, lekin qiziqish bilan olingan ta’lim istalgan natijani beradi.

Vasiliy Velikiy
Ta'lim

Ustozidan oshib ketmagan shogird hech kim emas.

Leonardo da Vinchi
Ta'lim

Nimani o‘rganmagin, o‘zing uchun o‘rganasan.

Petroniy Arbitr Gay
Ta'lim

Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.

Alisher Navoiy
Ilm, Ta'lim

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.