Salomatlik

Umringni uzaytirmoqchi bo‘lsang, taomingni qisqartir.

Benjamin Franklin
Insoniyat, Salomatlik, Taomlanish

Ayolning salomatligi uchun erkaklarning hayratli nigohlari kaloriya beradi.Dorilardan samaraliroqdir.

Fransuaza Sagan
Ayol, Salomatlik, Muhabbat

Tan salomatligidan ortiq boylik yo‘q hamda qalb quvonchidan ortiq quvonch yo‘q.

Solomon
Insoniyat, Salomatlik

Inson tabiatiga ko‘ra nafaqat kelajakdagi sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish uchun, balki hozirgi kunda ham o‘zini yaxshi his qilgani uchun me’yorni saqlashga intiladi.

Immanuil Kant
Salomatlik, Insoniyat, Taomlanish

Ovqatni dori o‘rnida yemasang, dorini ovqat o‘rnida yeysan!

Mixail Zadornov
Salomatlik, Insoniyat, Taomlanish

Kim jismonan baquvvat bo‘lsa, issiqqa ham, sovuqqa ham chidaydi. Ruhan sog‘lom odam ham g‘azabga ham, qayg‘uga ham, quvonchga ham, boshqa his-tuyg‘ularga ham bardosh bera oladi.

Epiktet
Salomatlik, Insoniyat

Yaxshiroq bo‘lsang, o‘zing ham yaxshi bo‘lasan.

Georg Enrix
Insoniyat, Idrok, Salomatlik

Dam olishga vaqt topa olmaydigan odamlar ertami-kechmi kasal bo‘lsa shifokorga borish uchun vaqt topadilar.

Jon Vanameyker
Insoniyat, Salomatlik

Salomatligingizni ertalab va bahordan qanchalik quvonishingizga qarab baholang.

Genri Deyvid Toro
Salomatlik, Insoniyat

Uyqu tabiat malhamidir.

Uilyam Shekspir
Salomatlik, Insoniyat

Boshni o‘ylamasdan ko‘zni davolashga kirishish yoki butun organizmni o‘ylamasdan boshni davolash mumkin bo‘lmaganidek, ruhni davolamasdan tanani davolash mumkin emas.

Suqrot
Salomatlik, Insoniyat

Taom tanovul qilishda boshqalardan ko‘proq yeya bilish nuqson, ozrog‘iga to‘ya bilish fazilatdir.

Garun Agatsarskiy
Salomatlik, Insoniyat

Donishmand kasalliklarga qarshi vositalarni tanlashdan ko‘ra, ulardan qochishni afzal ko‘radi.

Tomas Mor
Salomatlik

Sog‘lom gado kasal podshohdan baxtliroq.

Artur Shopengauer
Insoniyat, Salomatlik

Parhez taomlarning ta’siri uzoq davom etadi, dorilarning ta’siri esa tez o‘tib ketadi.

Gippakrat
Insoniyat, Salomatlik

Harakat - hayot xazinasi.

Plutarx
Salomatlik, Insoniyat

Gimnastika, jismoniy mashq, yurish, ish qobiliyatini, sog‘lig‘ini, to‘laqonli va quvnoq hayotini saqlab qolishni istagan har bir kishi kundalik turmushida sport bilan shug'ullaninshi kerak.

Gippakrat
Insoniyat, Salomatlik

Taom shifobaxsh dori bo‘lishi kerak!

Gippakrat
Insoniyat, Salomatlik

Barcha sog‘lom odamlar hayotni sevadi.

Genrix Geyne
Insoniyat, Salomatlik

Xushchaqchaq odamlar tezroq tuzalib, uzoqroq umr ko‘rishadi.

Ambruaz Pare
Salomatlik, Insoniyat

Kasalliklarni tabiat davolaydi, shifokor faqat unga yordam beradi.

Gippakrat
Salomatlik, Insoniyat

Sog‘liqni saqlashning yagona yo‘li - istamaganni yeyish, yoqtirmaganni ichish va xushlamagan ishni qilishdir.

Mark Tven
Insoniyat, Jamiyat, Salomatlik

Tananing go‘zalligi sog‘lom kuch, faol hayotiy quvvat tushunchasi bilan mos keladi.

Lev Tolstoy
Insoniyat, Salomatlik

Erta yotish va erta turish insonni sog‘lom, boy va aqlli qiladi.

Benjamin Franklin
Insoniyat, Salomatlik

Sizning sog‘lig‘ingiz turmush tarzingizning aksidir.

Genri Ford
Insoniyat, Salomatlik

Salomatlik - bu sovg‘a emas, bu bizning sa’y-harakatlarimiz natijasi.

Dalay-lama
Insoniyat, Salomatlik

Men bilgan yagona go‘zallik - bu salomatlik.

Genrix Geyne
Insoniyat, Salomatlik

Sog‘lom bo‘lishni istagan odam har kuni o‘zini boshqarishi kerak.

Suqrot
Insoniyat, Salomatlik

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.