Kasb

To‘q och kishining o‘rtog‘i emas, balki ish beruvchisidir.

Ivan Ivanyuk
Hayot, Mehnat, Kasb

Ishdan ruxsat so‘raganingizda ishingiz qanchalik muhim, maosh oshirishni so‘raganingizda esa qanchalik ahamiyatsiz bo‘lib qolishi hayratlanarli.

Robert Orben
Insoniyat, Mehnat, Kasb, Daromad, Imkoniyat

Ba’zilar hayot bu kurash desa, boshqalar o‘yin deydi. Men hayot - bu ish degan qarashga amal qilaman. Ish qancha ko‘p bo‘lsa, hayot shuncha qiziqarli bo‘ladi.

Sergey Bondarchuk
Insoniyat, Mehnat, Imkoniyat, Kasb, Harakat

Mehnat rohatning otasidir.

Volter
Mehnat, Kasb, Muvaffaqiyat

Harakat ishtahani qo‘zg‘atganidek, mehnat ham rohat-farog‘atga bo‘lgan intilishni uyg‘otadi.

Noma'lum muallif
Mehnat, Muvaffaqiyat, Harakat, Kasb, Insoniyat

Yer haydaganni omoch to‘ydiradi.

Noma'lum muallif
Mehnat, Harakat, Kasb

Mehnat go‘yo og‘riqqa qarshi qandaydir qadoqli to‘siq yaratadi.

Mark Tulliy Sitseron
Mehnat, Kasb

Mehnat shunday bo'lsinki, ham foyda va sharaf bo‘lsin.

Lutsiliy Gay
Mehnat, Muvaffaqiyat, Kasb, Motivatsiya

Barchasini mashaqqatli mehnat yengadi.

Makrobiy Amvrosiy Feodosiy
Mehnat, Muvaffaqiyat, Kasb

Insonlar uchun haqiqiy xazina - mehnat qilish qobiliyatidir.

Ezop
Mehnat, Kasb, Insoniyat

Erkin mehnat - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning zaruriy shartidir.

Viktor Zubkov
Ilm, Mehnat, Kasb

Mehnat va ilm - bu ikki kuchdan ustuni yo‘q.

Maksim Gorkiy
Ilm, Mehnat, Kasb

Mehnat olijanoblikning yagona unvonidir. Bu ijodkor insonning qudrati va quvonchidir. Mehnat kishilik jamiyati manfaati yo‘lidagi har bir - kamtarona va ulug‘vor ijodiy ishda namoyon bo‘ladi.

Romen Rollan
Mehnat, Quvonch, Kasb, Muvaffaqiyat

Mehnat bilan topilgani keltiradi va saqlanadi, mehnatsiz topilgani esa tezda yo‘qoladi.

Vasiliy Velikiy
Mehnat, Quvonch, Kasb, Imkoniyat

Mehnat bizni uch buyuk illatdan: zerikish, illat va muhtojlikdan xalos etadi.

Volter
Mehnat, Imkoniyat, Harakat, Kasb

Mehnat. A ning B uchun mulkka egalik qilish jarayonlaridan biri.

Ambroz Bris
Mehnat, Harakat, Kasb, Imkoniyat

Mehnat har qanday boylikning manbaidir. Lekin u bundan ham cheksizroq kuchga ega. U insoniyat hayotining birinchi asosiy shartidir, shu bilan birga mehnat insonning o‘zligini yaratdi.

Fridrix Engels
Insoniyat, Mehnat, Kasb, Muvaffaqiyat

Agar inson yoshligidan mehnat qilishga odatlangan bo‘lsa, mehnatdan zavq oladi. Agar unda bu odat bo‘lmasa, dangasalik mehnatni yo'q qiladi.

Klod Adrian Gelvetsiy
Mehnat, Kasb, Quvonch

Mehnat unumdorligini anglash eng yaxshi lazzatlardan biridir.

Lyuk de Klape Vovenarg
Mehnat, Kasb, Quvonch

Tortinchoqlik va mehnat insonning shifokoridir: mehnat ishtahasini kuchaytirsa, tortinchoqlik esa ishtahani suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaydi.

Jan Jak Russo
Insoniyat, Kasb, Mehnat

Faqat mehnatgina insonni baxtli qilishi, uning qalbini tiniqlik, uyg‘unlik va o‘zidan qoniqishiga sabab bo'ladi.

Vissarion Belinskiy
Mehnat, Quvonch, Kasb, Harakat

Doimiy mehnat san’atning ham, hayotning ham qonunidir.

Onore de Balzak
Hayot, Mehnat, Kasb, Harakat

Mehnat zavqi - bu avvalambor qiyinchiliklarni yengib o‘tish quvonchi, mana, biz jismoniy va ma’naviy kuchimizni sarflab, g‘olib bo‘ldik, uzoq vaqt intilib kelgan cho‘qqiga ko‘tarildik, deb faxr bilan his qilish va boshdan kechirishdir. Mehnat quvonchi - cho‘qqi sari sabot bilan harakat qilishda, tabiat kuchlari ustidan g‘alaba qozonishda.

Vasiliy Suxomlinskiy
Insoniyat, Mehnat, Motivatsiya, Muvaffaqiyat, Imkoniyat, Kasb, Harakat

Yollanma ish - fohisha kabi, ma’naviy ehtiyojlarni emas, balki oshqozonni qondiradi.

Viktor Zubkov
Insoniyat, Mehnat, Kasb

Mehnatning asosi shundaki, u o‘z-o‘zidan ham maqsad, ham vosita bo‘lib, zavq uning natijalarida emas, balki o‘zida bo‘lishi kerak.

Amin Reyxani
Insoniyat, Mehnat, Kasb

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.