Ko‘pchiligimiz uchun eng katta xavf – juda yuksak maqsad qo‘yib, unga erisha olmaslik emas, balki oddiy maqsadni ko‘zlab, unga yetishishdir.
Mikelanjelo Buonarrotining boshqa so'zlari
Mukammallik mayda-chuydalardan iborat: aynan mayda detallar uni yaratadi, mukammallik esa hech qachon mayda-chuyda emas.
Agar odamlar mahoratimni qanday mashaqqatli mehnat evaziga egallaganimni bilganlarida edi, ularning ko‘zlariga bunchalik ajoyib ko‘rinmasdi.
Arzimagan ishni yengish – katta g‘alaba emas.
Rasmni unga sarflangan vaqt miqdoriga qarab emas, balki uni yaratgan insonning qobiliyati va san’at darajasiga qarab baholash lozim.
Foyda keltiruvchi yovuzlik afzalmi yoki ziyon yetkazuvchi ezgulikmi, shuni bilolmadim.
Boshqa aforizmlar
Kundalik turmush ishlarida mehnatsevarlik daho qila oladigan barcha narsani amalga oshirishga qodir bo‘lib, buning ustiga, daho eplay olmaydigan ko‘plab ishlarni ham bajarishga qodirdir.
Qanchalik sekin yurganing emas, qancha vaqt to‘xtamasdan yurganing muhim.
Xatolar tajribasizlik va donolik o‘rtasidagi oddiy ko‘prikdir.
Bitta bola, bitta o‘qituvchi, bitta kitob va bitta ruchka dunyoni o‘zgartirishi mumkin.
Hayotda bir marta ham yiqilmaslik eng katta yutuq emas. Eng muhimi, har safar o‘rnidan turib ketishdir.
Zaif odamlar umr bo‘yi boshqalardan kam bo‘lmaslikka harakat qilishadi. Qanday bo‘lmasin, hammadan zo‘r bo‘lish kerak.