Rasmni unga sarflangan vaqt miqdoriga qarab emas, balki uni yaratgan insonning qobiliyati va san’at darajasiga qarab baholash lozim.
Mikelanjelo Buonarrotining boshqa so'zlari
Foyda keltiruvchi yovuzlik afzalmi yoki ziyon yetkazuvchi ezgulikmi, shuni bilolmadim.
Arzimagan ishni yengish – katta g‘alaba emas.
Sirkulni qo‘lda emas, ko‘zda tutish kerak: qo‘l faqat bajaradi, ko‘z esa hukm chiqaradi.
Mukammallik mayda-chuydalardan iborat: aynan mayda detallar uni yaratadi, mukammallik esa hech qachon mayda-chuyda emas.
Ko‘pchiligimiz uchun eng katta xavf – juda yuksak maqsad qo‘yib, unga erisha olmaslik emas, balki oddiy maqsadni ko‘zlab, unga yetishishdir.
Boshqa aforizmlar
Hayotingizdagi muhim ikki kun: tug‘ilgan kuningiz va buning sababini tushungan kuningiz.
Bu sening hayoting, o‘zing istagancha yashash uchun birovning ruxsati kerak emas. Dadil bo‘l, yurak amri bilan yasha.
Men soxta kamtarlikni fazilat deb hisoblamayman...
Go‘zallik ham ba’zan yomon ishlar uchun xizmat qiladi.
O‘z xatosini anglash bu beminnat tajribadir. Bu o‘z-o‘zini tarbiyalashning asosiy vositalaridan biridir.
Inson — ba’zan hech qanday sababsiz ham boshqalarga azob bera oladigan yagona mavjudotdir.