Yaxshilik

To‘laqonli hayot kechiring va ijobiy narsalarga e’tibor qarating.

Mett Kameron
Imkoniyat, Insoniyat, Yaxshilik

Optimizm baxt ohanrabosidir. Agar siz ijobiy kayfiyatingizni saqlab qolsangiz, yaxshi narsalar va yaxshi odamlar o‘z-o‘zidan sizga hamroh bo'ladi.

Meri Lu Retton
Baxt, Insoniyat, Yaxshilik, Quvonch

Biror ijobiy fikr ayting, shunda ijobiy natija ko‘rasiz.

Jim Tompson
Yaxshilik, Insoniyat, Motivatsiya

Har kunda 1440 daqiqa mavjud. Bu shuni anglatadiki, biz har kuni 1440 marta ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga egamiz.

Les Braun
Yaxshilik, Insoniyat, Idrok

Bugun kimgadir yaxshilik qilib, dunyoni yaxshilashga kuchingiz yetadi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Yaxshilik, Jamiyat

Qanday qilib dunyoni o‘zgartirishimiz mumkin? Bir vaqtning o‘zida bitta qilingan yaxshilik.

Morgan Frimen
Insoniyat, Yaxshilik

Men faqat shuni aytmoqchimanki, yaxshilikning chegarasi yo‘q.

Ketrin Stokett
Yaxshilik, Hayot

Iltifotli bo‘l, chunki sen uchratgan har bir kishining hayoti oson o'tmagan.

Platon
Insoniyat, Jamiyat, Yaxshilik

Yaxshilik hayot bo‘roniga dosh beradigan va yuvilib ketmaydigan yagona najotdir.

Avraam Linkoln
Yaxshilik, Hayot, Jamiyat

Bitta yaxshilik har tomonga ildiz otadi va bu ildizlardan, yangi daraxtlar paydo bo'ladi.

Ameliya Erxart
Yaxshilik, Jamiyat

Mehringni darig' tuttma, lekin minnatdorchilik kutma.

Konfutsiy
Insoniyat, Idrok, Yaxshilik

Hech bir yaxshilik, u qanchalik kichik bo‘lmasin, zoye ketmaydi.

Ezop
Yaxshilik

Sen har doim nimadir bera olasan, hatto bu oddiy yaxshilik bo‘lsa ham!

Anna Frank
Insoniyat, Yaxshilik

Yaxshi so‘zlar qalbda yaxshi his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Doim shirinsuxan bo'ling.

Rod Uilyams
Insoniyat, Yaxshilik, Jamiyat

Yaxshilik ba’zan qilichdek kuchli bo‘lishi mumkin.

Rik Riordan
Yaxshilik

Mehnat qil, mehribon bo‘l, hayoting go'zal bo'ladi.

Konan O‘Brayen
Insoniyat, Yaxshilik, Baxt, Hayot, Mehnat, Motivatsiya

Jasorat, yaxshilik, do‘stlik. Bu bizni inson sifatida belgilaydigan va ba’zan buyuklikka yetaklaydigan fazilatlardir.

Raquel Haramillo Palasio
Insoniyat, Yaxshilik, Baxt

Yaxshilik - donolikdir.

Filipp Jeyms Beyli
Yaxshilik

Yaxshilik muhabbatning bir ko'rinishi bo‘lib, lekin u sevgi emas.

Syuzan Xill
Muhabbat, Yaxshilik, Insoniyat

Qachonki sizda tanlov bo‘lsa: haq bo‘lish yoki mehribon, albatta mehribonlikni tanlang.

Ueyn Dayer
Yaxshilik, Insoniyat

Shod bo‘lganingizda, "ha" deganingizda va atrofingizga ijobiy nur taratganingizda, siz har bir yulduz turkumining markazida quyoshga aylanasiz va odamlar sizning yoningizda bo‘lishni xohlashadi.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Yaxshilik, Hayot

Yaxshilik hammamiz qiyinchiliklarga duch kelayotganimizni anglashdan boshlanadi.

Charlz Glassman
Yaxshilik, Insoniyat

Har doim ko‘z oldimda porlagan va meni quvonchga to‘ldirgan ideallar - bu ezgulik, go‘zallik va haqiqatdir.

Albert Eynshteyn
Yaxshilik, Insoniyat

Yaxshilik qilish hech qachon kech bo'lmaydi, chunki qachon kech bo‘lishini bilmaysan.

Ralf Uoldo Emerson
Yaxshilik, Insoniyat, Idrok

Yaxshilikning mohiyati, uni keng quloch yoyilishida. Agar siz boshqalarga yaxshilik qilsangiz, bugun ular sizga, ertaga esa boshqa birovga yaxshilik qilishadi.

Shri Chonmoni
Yaxshilik, Insoniyat

Yaxshilik yaxshilikni keltirib chiqaradi.

Sofokl
Yaxshilik

Insondan faqat yaxshilik qoladi, o'tkinchi dunyo talashib-tortishishga arzimaydi. Sababi o'zimiz bilan xech nima olib keta olmaymiz. Faqatgina qilgan amallarimiz bizga yo'ldosh bo'ladi.

Dilnoza Abduqodirova
Insoniyat, Hayot, Yaxshilik

Biror kishining bizga qilgan yaxshiligi bizni unga bog‘lab qo‘yadi.

Jan Jak Russo
Yaxshilik, Insoniyat

Qalbning eng go‘zal musiqasi bu yaxshilikdir.

Romen Rollan
Yaxshilik, Insoniyat

Yaxshilik nafratni yuvib ketadi.

Jyul Renar
Yaxshilik

Yaxshi insonlar yulduzga o‘xshaydilar, o‘zlari yashayotgan asrning yoritgichi bo‘lib, o‘z davrlarini yoritib turadilar.

Semoyuel Jonson
Yaxshilik, Insoniyat, Hayot

Insonning ichki dunyosida yaxshilik quyoshdir.

Gyugo
Yaxshilik, Insoniyat

Yaxshilik - bu faqat ezgulik olib keluvchi fazilat.

Noma'lum muallif
Yaxshilik, Baxt

Yaxshilik go‘zallikdan afzal.

Genrix Geyne
Yaxshilik, Baxt

Boshqalarga nisbatan sevgi va mehribonlikni his qilsak, bu nafaqat boshqalarni sevilish va g‘amxo‘rlikni his qilishga, balki ichki baxt va xotirjamlikni rivojlantirishga yordam beradi.

Dalay-lama
Yaxshilik, Quvonch, Baxt, Insoniyat, Jamiyat

Yaxshilik qil, lekin minnatdorchilik kutma!

Konfutsiy
Insoniyat, Jamiyat, Hayot, Idrok, Yaxshilik

So‘zdagi mehribonlik ishonch uyg‘otadi. Tafakkurdagi ezgulik teranlikni yaratadi. Xizmatdagi mehribonlik mehr yaratadi.

Lao-szi
Insoniyat, Idrok, Yaxshilik

Mehr ila zo‘rlik bilan erishib bo‘lmaydigan barchasiga erishish mumkin.

Publiliy Sir
Insoniyat, Idrok, Yaxshilik

Inson bor joyda ezgulik mavjud.

Lutsiy Anney Seneka
Insoniyat, Yaxshilik

Faqat yaxshilik qilganlargina yashaydi.

Lev Tolstoy
Insoniyat, Yaxshilik

Ayollarning chiroyli ko‘rinishi emas, mehribonligi muhabbatimni qozonadi.

Vashington Irving
Yaxshilik, Ayol

Har safar yaxshilik qilganimda, mening bir qismim shifo topadi.

Lupi Nigkaisa
Yaxshilik, Insoniyat

To‘g‘ri va shirin so‘zlar dunyomizni o‘zgartirishi mumkin.

Budda
Insoniyat, Yaxshilik

Shirin so‘zlar egilgan qalbni malham yoki asaldan ko‘ra yaxshiroq davolaydi.

Sara Filding
Insoniyat, Yaxshilik, Muhabbat

Yaxshi so‘zlar qisqa bo‘lishi mumkin, ammo ularning aks sadosi chindan ham cheksiz.

Mat Tereza
Yaxshilik

Agar sizda ezgulikka rag‘bat bo‘lsa, harakat qiling.

Duglas Kouplend
Insoniyat, Yaxshilik

Har doim keragidan biroz mehribonroq bo‘ling.

Noma'lum muallif
Insoniyat, Yaxshilik

Imkon boricha, mehringizni boshqalarga ham ulashing.

Opra Uinfri
Yaxshilik, Insoniyat

Kim sizga yaxshilik qilsa, sizga qarzdor bo‘lganingizdan ko‘ra yaxshilik qilish lozim.

Benjamin Franklin
Insoniyat, Yaxshilik

G‘amxo‘rlik qilishni hayotga chuqur ma’no baxsh etishini his etdim.

Pablo Kazals
Insoniyat, Yaxshilik

Iliq tabassum - mehribonlikning universal tili.

Uilyam Artur Uord
Yaxshilik

Yaxshilik - oilalar va xalqlar o‘rtasidagi barcha devorlarni eritadigan nurdir.

Paramaxansa Yogananda
Yaxshilik

Ba’zan birgina mehr va g‘amxo‘rlik inson hayotini o‘zgartirishi uchun yetarlidir.

Jeki Chan
Insoniyat, Yaxshilik, Jamiyat

Yaxshiligingizni qayerda bo‘lsangiz, o‘sha yerda qiling, o‘sha kichkina yaxshilik bo‘laklari bir joyga to‘planib, olamni to‘ldiradi.

Desmond Tutu
Yaxshilik

O‘zimni yaxshilash yo‘llarini izladim va yaxshilik eng yaxshi usul ekanligini angladim.

Ledi Gaga
Ayol, Yaxshilik, Hayot

Meimcha, mehribonlik eng yaxshi sifatim bo‘lsa kerak. Men uni jasorat, mardlik, olijanoblik yoki boshqa narsadan ustun qo‘yaman.

Roald Dal
Insoniyat, Yaxshilik

Ezgulik jamiyatni bog‘lovchi oltin zanjirdir.

Iogann Volfgang fon Gyote
Yaxshilik

Bu xazinani, ezgulikni ichingizda avaylab saqlang. Tortinmasdan berishni, afsuslanmasdan yo‘qotishni, baxillik qilmasdan olishni biling.

jorj Sand
Yaxshilik

Ko'zko'rarga yaxshilik qilgandan, qilmagan ma'qul.

Dilnoza Abduqodirova
Yaxshilik, Hayot

Birgina yaxshilik har tomonga ildiz otadi va bu ildizlardan yangi daraxtlar o‘sib chiqadi.

Ameliya Erxart
Yaxshilik

Yaxshilik niyatdan ko‘ra qadrliroqdir.

Xalil Jebran
Yaxshilik

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.