Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Hammasi siz kutganingizday bo‘lmasa ham, xafa bo‘lmang. Parvardigorning rejalari doimo biznikidan afzalroqdir.
Hayotimiz - sayohat, g‘oya esa - yo‘l ko‘rsatuvchi. Yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lmasa, hammasi to‘xtab qoladi. Maqsad yo‘qolsa, kuch-quvvat ham yo‘qolgandek bo‘ladi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchilar oldingilarni quvlab yetishlari, orqadagilarni esa kutib o‘tirmasliklari lozim.
Kimki uchishni o‘rganmoqchi bo‘lsa, avvalo tik turishni, yurishni, yugurishni, tirmashishni va raqsga tushishni o‘rganishi lozim: bir zumda uchishni o‘rganib bo‘lmaydi!
Tinglay olsang, hatto yomon so‘zlovchilardan ham foyda topasan.
Hayotdagi yagona baxt - doimiy ravishda oldinga intilishdir.
Baxtni quvib yurish shart emas, uning yo‘lida bo‘lishning o‘zi kifoya.
Tana ko‘p narsaga chidash beradi. Shunchaki ongingizni bunga ishontirishingiz kerak, xolos.
Yosh - bu shunchaki miyangizga o‘zingiz qo‘ygan cheklov, xolos.
Insonni baxtli qilish vazifasi dunyoning yaratilish rejasiga kiritilmagan.
Hayotdagi yagona baxt - doimo oldinga intilishdir.
Xudo senga yordam berishini istasang, avvalo o‘z kuchingni sarflashing kerak.
Inson yashash uchun tug‘iladi, hayotga tayyorgarlik ko‘rish uchun emas.
Vaqtni behudaga sarflash ham mumkin, yaxshi yashashga ham. Faqat oldinga yurish kerak!
Qiyinchiliklar oldida chekinma. Uning yuziga tik qara. Ustun kelmaguningcha sabr qil.
Sabrli insonni oshig'i olchi.
Hayot yo'li ta’limdan iborat, undagi har bir kishi ustoz va abadiy shogirddir.
Hayotni anglamoqchi bo‘lsang, aytilayotgan va yozilayotgan gaplarga ishonishni bas qil, balki kuzat va his qil.
Hayot - bu yo‘l. Kimdadir bu non do‘koniga borish va qaytish yo‘li, kimgadir - dunyo bo‘ylab sayohat.
Hayot haqida bilganlarimni ikki og‘iz so‘z bilan aytishim mumkin: u davom etmoqda.
122 / 126