Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Zerikarli bo‘lishning siri o‘zingiz haqingizda bor narsani aytib berishda yashiringan.
Munosabatlarni buzishning eng oson usuli - ularni oydinlashtirishdan boshlash.
Qo‘rqoq do‘st dushmandan ham xavfliroq, chunki dushmandan ehtiyot bo‘lasan, do‘stga esa ishonasan.
Vaqtingizni siz bilan o‘tkazishga intilmaydigan odamga sarflamang.
Yurak xurujidan sog‘ayib chiqqach, Ranevskaya shunday xulosaga keldi: \"Agar bemor yashashni juda-juda istasa, shifokorlar ojizlik qiladi.
Hayot parhezlarga, ochko‘z erkaklarga va yomon kayfiyatga sarflash uchun emas.
G‘alaba qozonish uchun avvalo o‘ynash kerak.
Azizam, axlat nima ekanligini bilasizmi? U mening hayotim bilan solishtirganda murabboday gap.
Aql hammada bor, shunchaki hamma ham uning ko‘rsatmalarni tushunib yetmaydi.
Insonning kimligini hokimiyat ko‘rsatadi.
Yolg‘izlikni ko‘tara olish va undan lazzatlanish - buyuk in’om.
Agar ayol erkakka \"Sen eng aqllisan\" desa, demak, u boshqa bunday ahmoqni topa olmasligini tushunadi.
O‘z fikrini hech qachon o‘zgartirmaydigan odam ahmoqdir.
Hamma o‘z do‘stlarining baxtsizliklariga hamdardlik bildiradi, ammo faqat ozchilik ularning muvaffaqiyatlaridan quvonadi.
Sevimli inson jasur va o‘ziga ishongan bo‘ladi.\n\n
Haqiqiy erkak - ayolning tug‘ilgan kunini aniq eslaydigan, lekin uning yoshini hech qachon bilmaydigan erkakdir. Ayolning tug‘ilgan kunini eslay olmaydigan, ammo necha yoshda ekanini aniq biladigan erkak - uning eridir.
Mehnat bilan hammasini yengib o'tish mumkin.
Insonni baxtsiz yoki baxtli qiladigan bu uning o‘y-fikrlari, tashqi muhit emas. O‘z fikrlarini boshqarish orqali u o‘z baxtini ham boshqaradi.
Senga mehr bilan boqadigan odamning ko‘zlarigina chiroyli bo‘ladi.
Ko‘rgingiz kelmagan narsalarga ko‘zingizni yumishingiz mumkin, lekin his qilgingiz kelmasa yuragingizni yopa olmaysiz.
62 / 126