Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Muvaffaqiyatli biznes yuritishga harakat qilayotganlarning hammasi ham chayqovchilar emas.
Biznesda halollik - mijozlarni muntazam ravishda aldashning yagona yo‘li.
Biznes - bu o‘yin, agar siz uni qanday o‘ynashni bilsangiz, marra sizniki.
Biznesda voz kechishni biladigan odam omon qoladi.
Biznesda muvaffaqiyat qozonishning sehrli formulasi: xaridorlarga mehmondek, xizmatchilarga esa insondek munosabatda bo‘ling.
Biznesda eng qimmatli aktiv - bu sizning tasavvuringiz.
Biznes velosipedga o‘xshaydi. Muvozanatni saqlash uchun harakat qilish kerak.
Biznes nafaqat boylik orttirish, balki jamiyat uchun ham foyda keltirishdir.
Biznes sustkashlar uchun emas. Bu o‘z g‘oyalariga ishongan va ular ustida ishlashga tayyor bo‘lganlar uchun.
Biznes - shafqatsiz o‘yin. Bu yerda zaiflar yutqazadi.
Biznes - bu birovning cho‘ntagidan zo‘ravonliksiz pul undirish san’ati.
Kimningdir ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan biznes odatda muvaffaqiyatli bo‘ladi; foyda olishga qaratilgan biznes kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatga yuz tutadi.
Muammoni hal qilish mumkin bo‘lsa, u haqida tashvishlanmaslik kerak. Agar muammo hal etilmasa, u haqda qayg‘urish befoyda.
Ertalab uyg‘onganingizda o‘zingizdan so‘rang: \"Men nima qilishim kerak?\" Kechqurun uyquga yotishingizdan oldin: \"Men nima qildim?
Biz ishni boshlash uchun ilhomni kutishimiz emas, balki chaqirishimiz kerak. Harakat har doim ilhom uyg‘otadi. Ilhom kamdan-kam hollarda harakatni keltirib chiqaradi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun, birinchi navbatda, qo‘limizdan kelishiga ishonishimiz kerak.
Muvaffaqiyat qoshingizga kelmaydi. Unga erishish uchun olg'a qadam tashlashingiz kerak.
Haqiqatan ham xohlagan narsangizni qilishga qaror qilsangiz, hayotingizning butunlay boshqa bosqichi boshlanadi.
100 ta muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin ham umidsizlikka tushmaslik kerak, chunki 101 hayotingizni o‘zgartirishi mumkin.
Narigi qirg‘oqqa o‘tish uchun jarlikdan o‘tish kerak. Mashaqqatli yo'ldan keyin rohat keladi.
84 / 126