Elchin Safarli

Elchin Safarlining mashhur iboralari

Men hech narsadan afsuslanmayman - bu bema’ni tuyulsa ham.

Elchin Safarli
Ong

Vaqt - bu koinot bizning istaklarimizning haqiqiyligini sinovdan o‘tkazadigan usul. Ehtimol, shu sababli biz hech qachon hammasini bir yo‘la qo‘lga kirita olmaymiz.

Elchin Safarli
Taqdir

Narigi qirg‘oqqa o‘tish uchun jarlikdan o‘tish kerak. Mashaqqatli yo'ldan keyin rohat keladi.

Elchin Safarli
Insoniyat, Muvaffaqiyat, Mehnat

Kuzga kelib ikki xil tuyg‘uni his qilaman: go‘yo bu faslni, uning soyabonlarini va oyoqlarim ostidagi qirmizi gilamni yaxshi ko‘raman, lekin ayni paytda kuzdan, aniqrog‘i, xazon ostida tug‘iladigan fikrlardan qo‘rqaman.

Elchin Safarli
Insoniyat, Hayot, Tabiat, Idrok

Kuz - yolg‘iz odamlar tamaki tutuni bilan muzlagan yuraklarini isitadigan payt.

Elchin Safarli
Insoniyat, Tabiat, Hayot

Kuz - o‘tmishdagi qarzlarni tekshirish mavsumi.

Elchin Safarli
Insoniyat, Kuz, Hayot

Umringga kunlarni emas, kunlaringga umr qo‘sh...

Elchin Safarli
Hayot, Insoniyat

Hayot finjondagi qahvaga o‘xshaydi. Ba’zan shirin, ba’zan yo‘q. Ammo hayotda eng muhimi qahvaning ta’mi emas, balki uni kim bilan ichishingizdir.

Elchin Safarli
Insoniyat, Hayot, Umr, Taqdir

Aforizmlar.uz loyihasi haqida

Aforizmlar.uz – donishmandlar, buyuk mutafakkirlar va mashhur insonlarning eng sara hikmatli so'zlari jamlangan portal. Saytimizda o'zbek va jahon donishmandlarining chuqur ma'noli fikrlari, hayotiy tajribalar asosida yaratilgan maqollar hamda turli mavzulardagi aforizmlar to'plangan. Barcha hikmatli so'zlar mavzular bo'yicha turkumlangan bo'lib, ulardan kundalik hayotda, ta'lim jarayonida va ilmiy ishlarda foydalanish mumkin.