Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Qabul qilingan qaror sizni boshqa tanlovdan mahrum qilishidan qo‘rqasiz va bu irodangizni sindiradi. Bunday vaziyatda hayot sizga tayyorlab qo‘ygan eng yaxshi narsalarni qo‘ldan boy beryapsiz. Sababi - ichki olovning yo‘qligi.
Shaxsiy qobiqdan chiqib, dunyoga nazar tashlash vaqti keldi. Hayot tarzingni o‘zgartirmasang, haqiqiy hayot yoningdan o‘tib ketadi.
O‘zingizda moslashuvchanlik va kuchni to‘g‘ri safarbar etish - bu uzoq, baxtli va sog‘lom, mazmunli hayotning garovi va asosiy shartidir.
Passiv bo‘lish - bu boshqalar sen uchun qaror qabul qilishiga yo‘l qo‘yish demakdir. Tajovuzkor bo‘lish - boshqalar uchun qaror qabul qilish demakdir. Qat’iyatli bo‘lish - bu o‘zingiz uchun qaror qabul qilish demakdir. Demak, hayotingda hamma narsa yetarli, sen esa o‘zingni to‘liq ta’minlay olasan.
Xayrli ishlar kutishni biladigan odamga nasib etadi.
Barcha o‘tib bo‘lmas devorlar oddiy va \"tushunarli\" g‘ishtlardan iborat.
Qiyinchiliklar oldida chekinma. Uning yuziga tik qara. Ulardan ustun kelmaguningcha qarab tur.
Har kuni uxlashdan oldin ertangi ajoyib o'tadigan kuningizni tasavvur qiling. Ko‘rasiz, shunday bo‘lishi ham mumkin.
Hech kim orqaga qaytib, hammasini boshidan boshlay olmaydi, lekin har qanday odam bugun boshlay olishi va yaxshi natijalar oilshi mumkin.
Kimdir bugun soyada dam olmoqda, chunki ku ko‘p yillar oldin daraxt ekkan.
Bugun boshqalar istamagan ishni qil - ertaga boshqalar qila olmaydigan tarzda yashaysan.
Ertangi yutuqlarimizning asosi bugungi shubhalarimizdir.
Bugundan hayotingizni o‘zgartiring. Kelajakka umid qilmang, hozirdan, kechiktirmasdan harakat qiling.
Kutib o‘tirmang, o‘sha daqiqa hech qachon kelmaydi.
Liderlar tug‘ilmaydi va hech kim tomonidan yaratilmaydi - ular o‘zlarini kashf etadilar.
Sevgan narsangizni olishga harakat qiling, aks holda olgan narsangizni yaxshi ko'rishga to‘g‘ri keladi.
Men omadga qattiq ishonaman. Men qancha ko‘p ishlasam, omadga yaqinlashib boraveraman.
Agar biror narsani sinab ko‘rishga arziydigan bo‘lsa, uni kamida 10 marta qo'llab ko‘rish kerak.\n
Maqsad qo‘yish ko‘rinmas narsani ko‘rinadiganga aylantirish uchun birinchi qadamdir.
Kuch jismoniy imkoniyatlarga bog‘liq emas. Uning manbai bo‘ysunmas irodadir.
88 / 126