Eng muhimi esa qalbda tartib o‘rnatishdir. Uchta "yo'q" qoidasiga amal qilamiz: shikoyat qilmaymiz, boshqalarni ayblamaymiz, o‘zimizni oqlamaymiz.
Jorj Bernand Shouning boshqa so'zlari
Bilgan qiladi, bilmagan o‘rgatadi.
Xatolarni qanday to‘g‘rilashni bilmasangiz, ularni hech qachon ko‘rsatib o‘tmang.
Kulgili bo‘lishdan qo‘rqsang, konkida uchishni o‘rgana olmaysan. Hayot muzi sirpanchiq.
Xatolar bilan o‘tgan umr nafaqat hurmatga loyiq, balki harakatsizlik bilan o‘tgan umrdan ham foydaliroqdir.
Yaqin kishiga nisbatan eng katta gunoh nafrat emas, balki befarqlikdir; bu chindan ham insoniylikdan yiroqlikning cho‘qqisidir.
Boshqa aforizmlar
Bu hayotda shunday ishlar bo'ladiki, ularni tushunib ham, qabul qilib ham bo‘lmaydi... Ularni shunchaki boshdan kechirish kerak.
Yashayotgan hayotingizni seving. O‘zingiz yoqtirgan hayot bilan yashang.
Hayot xuddi pianinoga o‘xshaydi. Qora va oq tasmalari bilan, ammo yashayotganda shuni unutmaslik kerakki, qora tugmalar ham kuyni yaratishda ishtirok etadi.
Qat’iyatlilik shunday kamtarin fazilatki, u orqali o‘rtamiyona odamlar shon-shuhratdan xoli bo‘lgan muvaffaqiyatga erishadilar.
Yolg‘iz o‘zimiz juda oz, birgalikda esa juda ko‘p ish qilishimiz mumkin.
Iltifotli bo‘l, chunki sen uchratgan har bir kishining hayoti oson o'tmagan.