Unutganlar baxtlidir, chunki ular o‘z xatosini eslamaydi.
Fridrix Nitsshening boshqa so'zlari
Menga yolg‘on gapirganingdan xafa emasman, bundan keyin senga ishonolmasligimdan xafaman.
Insonni baxtsiz yoki baxtli qiladigan bu uning o‘y-fikrlari, tashqi muhit emas. O‘z fikrlarini boshqarish orqali u o‘z baxtini ham boshqaradi.
E’tibor bering, kuz tabiatdan ko‘ra ko‘proq ruhiyat fasli.
Sevgi tabiiy hodisa emas. Aksincha, u intizom, diqqat, sabr-toqat, ishonch va xudbinlikni yengishni talab qiladi. Muhabbat his-tuyg‘u emas, balki amaliyotdir.
Go‘zallikning ovozi sekin yangraydi: u faqat eng nozik quloqlargagina kirib boradi.
Boshqa aforizmlar
Hamma gap fikrda. Fikr hamma ishning boshlanishidir. Fikrlarni ham boshqarish mumkin. Shuning uchun takomillashning asosiy vazifasi fikrlar ustida ishlashdir.
Xushomad - tillo suvi yugurtirilgan so‘zlar, uning ostida esa asl bo‘lmagan metallar yotadi.
Biz o‘zimizni chinakamiga sevganimizda, haqiqiy baxtga erishamiz.
To‘g‘ri raqsga tushayotganingizni bilish uchun oyoqlaringizga qaramang. Zavqlanib raqsga tushing.
Agar siz biror narsaga qodirman deb o‘ylasangiz, siz haqsiz; agar siz hech narsa qila olmayman deb o‘ylasangiz - siz ham haqsiz.
Men afinalik ham, yunon ham emasman. Men dunyo fuqarosiman.