Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Yagona xato - o‘tmishdagi xatolarni to‘g‘rilamaslik.
Ko‘pchilik erkaklar yonoqdagi kulgichlarni sevib qolib, adashib butunboshli qizga uylanishadi.
Har qanday ehtiros xatolarga undaydi, ammo eng ahmoqona ishlarga muhabbat undaydi.
Hayotda yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan eng yomon xato - doim xato qilishdan qo‘rqish.
Xatolaringizni ochib beruvchi dushman, ularni yashiruvchi do‘stdan ko‘ra tuzukroq.
Xato qilish - insonning, kechirish - xudoning ishi.
Xato - erkinlikka erishishning yagona yo‘li.
Xato - bu nafaqat to‘g‘ri yo‘lga tushish imkoniyati, balki yaxshiroq bo‘lish imkoniyati hamdir.
Xato qilmagan odamlar hech qachon yangi ishlarni sinab ko‘rmagan bo'ladi.
Eng dadil harakat ovoz chiqarib mustaqil fikrlashdir.
Umrimning oxirigacha mahbus bo‘lgandan ko‘ra, ozodlik uchun kurashib o‘lganim afzal.
Muvofiqlikning mukofoti, sen o‘zingdan boshqa hammaga yoqasan.
O‘zini hurmat qilish - intizomning asosi: o‘ziga \"yo‘q\" deyish qobiliyati ortib borishi bilan inson qadr-qimmati ham o‘sadi.
Insonning qadr-qimmati tahqirlanishi mumkin... Masxara qilinishi mumkin, lekin undan voz kechilmasa, uni hech kim yo'q qila olmaydi.
O‘zingizga bo‘lgan hurmatni faqat siz belgilaysiz va agar o‘zingizni bunga munosib deb hisoblamasangiz, bu hamma narsani barbod qiladi.
O‘zingga yaxshi bo‘lgan narsani og‘riqli sanama.
Inson xarakterining uzil-kesil shakllanishi o‘z qo‘lida.
Masofa saqlash, odamlarga sen bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish, nimani qabul qilishing yoki qilmasligingni hal qilish uchun yetarlicha o‘zingni sev.
Agar siz sevish olsangiz, avval o‘zingizni seving.
Biz o‘zimizdagi barcha imkoniyatlarni ishga sola olsak, haqiqiy baxtga erishamiz.
22 / 87