Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Vaziyat, zamon va makondan qat’i nazar, aslida qanday bo‘lsa, shundayligicha qolgan insonlar hurmatga loyiqdir.
Aqlli bo‘lish uchun hech qachon kech emas.
Balandroqqa chiqib, tubsizlikka sakrang. Qanotlar uchish paytida paydo bo‘ladi.
Insonning axloqiy fazilatlarini uning alohida harakatlariga emas, balki kundalik turmush tarziga qarab baholash lozim.
Hayot inson tasavvuri yaratishga qodir bo‘lgan barchasidan beqiyos darajada g‘aroyibdir.
Hayot bilan muloqotda uning savoli emas, bizning javobimiz muhim.
Seni ko‘rishim uchun gapir.
O‘z tajribangning bir grammi birovning bir tonna o‘gitidan qimmat turadi.
Hamma uzoq yashashni istaydi, qarigandan keyin esa uni ayblashadi.
Buyuk ishlarni amalga oshirish kerak, ularni cheksiz o‘ylash kerak emas.
Men bilgan yagona go‘zallik - bu sog‘liq.
Hayot murakkab, u haqda jiddiy gapirishning hojati yo‘q.
Odamlar ko‘priklar o‘rniga devorlar qurganlaridan so‘ng yolg‘iz qoladilar.
Muvaffaqiyatli inson bo‘lishga emas, balki qadrli bo‘lishga intiling.
Zaiflar hech qachon kechirishmaydi. Kechirimli bo‘lish - kuchlilarning xislati.
Xotiralar siz uchun yoqimli bo‘lsagina, o‘tmish haqida o‘ylang.
Nima qilsangiz ham, chin yurakdan bajaring.
Kimda-kim orzu-umidlarga to‘la bo‘lsa, u allaqachon kelajakda yashaydi.
Har tong - hayotni yangidan boshlash vaqti.
Hayot - bu narsalarga ega bo‘lish emas, balki ularni bajarishdir.
35 / 87